Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
57-OILAVIY POLIKLINIKA TASARRUFIDAGI PUNKT FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Qoraboyeva 57-oilaviy poliklinikaga qarashli Bo‘stonobod mahalla tibbiy punkti faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish ishlari davomida muassasaning bugungi kundagi faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati hamda yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi 265-I-sonli Qonuni ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, tibbiy punktda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, tibbiyot xodimlarining malakasi, bemorlarni qabul qilish tartibi, profilaktika ishlari va patronaj xizmatining yo‘lga qo‘yilganligi o‘rganildi.

Tibbiyot xodimlari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot davomida sohada uchrayotgan muammolar, mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

Slide 1 of 3