Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
Bolalar xavfsizligi — ustuvor masala

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Natalya Voropayeva tomonidan Yunusobod tumani 15-mavze, “O‘zbekiston mustaqilligi” mahallasi, 51a, 51 va 49-uylar hovlisida joylashgan bolalar maydonchasidagi qator kamchiliklar aniqlandi.

O‘rganishlar davomida bolalar maydonchasida jarohatlanishning oldini oluvchi xavfsiz qoplama mavjud emasligi, maydoncha yaqinida sanitariya masofalari talablariga rioya etilmagan holda chiqindi to‘plash nuqtasi joylashgani, shuningdek, hudud yaqinida transformator podstansiyasi mavjudligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holatlar bolalar hayoti va sog‘lig‘i uchun xavf tug‘dirib, sanitariya me’yorlari buzilishiga sabab bo‘lmoqda.

Ushbu masala yuzasidan tegishli tashkilotlar tomonidan zarur choralar ko‘rilishi, hududdagi kamchiliklar bartaraf etilishi va bolalar uchun xavfsiz muhit yaratilishi muhim ahamiyatga ega.

Slide 1 of 1