Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
Yashil makon — kelajak poydevori

 🌿 Yashil makon — kelajak poydevori 

  

🌱Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputatlari X.Suvonov va O.Aliqulovlar tomonidan “Shodlik” mahallasida “Yashil makon milliy loyihasi” doirasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi. Jarayon davomida hududda olib borilayotgan daraxt ekish ishlari, yer tayyorlash hamda ko‘chatlarning parvarishi alohida e’tibor bilan ko‘zdan kechirildi. 

🌳 Xususan, mahalla hududida joriy yilning shu vaqtiga qadar 9 500 tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilgan bo‘lib, sug‘orish tizimi oqar suv bilan ta’minlangan.  

🌳Shuningdek, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish, har bir ekilgan niholni asrab-avaylash, ularni sug‘orish va parvarishlash masalalariga alohida urg‘u berildi. Bu borada mas’ul tashkilotlar va fuqarolar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. 

 🌲Bunday amaliy ishlar nafaqat hudud ko‘rinishini yaxshilashga, balki kelajak avlod uchun sog‘lom va yashil muhit yaratishga xizmat qiladi. 

  Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.  

Slide 1 of 3