Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Яшил макон" — келажак учун муҳим қадам!
янв.21
Депутат сайлов округида аҳоли билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Депутат ўзи сайланган округда ўрганиш олиб борди
янв.21
"Кўкча" маҳалласида ёшлар масалаларига бағишланган учрашув ташкил этилди
янв.21
Tuman hokimi - tuman Kengashi deputati Ruslan Ro‘ziyev chegaraoldi hudud - "Boymurod" OFY "Xolmurodqazg'on" ovulida joylashgan 25-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida ovul faollari va aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Batirxan Kushkarbekov o‘z saylov okrugidagi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
"Yuksalish" mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
AHOLI MUROJAATI ASOSIDA DEPUTAT SO‘ROVI YO‘LLANDI
Mahallada saylovchilar murojaati batafsil o‘rganildi

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati A.Ishnazarov Paxtakor mahallasida saylovchilar murojaati bo'yicha o'rganish olib bordi. 

Uchrashuv va muloqotlar davomida saylovchilar tomonidan yo‘l harakati xavfsizligiga oid muhim taklif ilgari surildi.

Xususan, (Dashtabod-Jizzax) serqatnov yo‘l yoqalariga zarur yo‘l belgilari (piyodalar o‘tish joyi, tezlikni cheklash, ogohlantiruvchi belgilar)ni o‘rnatish bo‘yicha murojaat bildirildi.

Aholining ta’kidlashicha, ayrim hududlarda yo‘l belgilarining yetishmasligi sababli haydovchilar tomonidan tezlik me’yorlariga to‘liq rioya etilmayapti. Bu esa ayniqsa bolalar, keksalar va piyodalar uchun noqulaylik va xavf tug‘dirmoqda.

Deputat tomonidan murojaat joyiga chiqib o‘rganildi, mavjud holat tahlil qilindi hamda ushbu masala bo‘yicha tegishli tashkilotlarga rasmiy taklif va so‘rovlar yuboriladi.

Slide 1 of 3