Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat mahallada

 Xotin-qizlar manfaati va ijtimoiy himoya — deputat e’tiborida 

Mahallalarda xotin-qizlar faollari tomonidan olib borilayotgan ishlar
ayollarning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash va ularning muammolarini hal
etishda muhim bo‘g‘in hisoblanadi.
 

12-Saidobod saylov okrugi deputati N.Ubaydullayeva hududdagi mahalla
xotin-qizlar faolining ish faoliyati samaradorligi yuzasidan o‘rganish olib
bordi.
 

O‘rganishning asosiy yo‘nalishlari: 

"Ayollar daftari": Ro‘yxatga olingan xotin-qizlarga
ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar va ularni chiqarish bo‘yicha ko‘rilayotgan
choralar.
 

Bandlik masalasi: Ishsiz ayollarni kasb-hunarga o‘qitish va tadbirkorlikka
yo‘naltirish borasidagi natijalar.
 

Ma’naviy muhit: Oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish va
nizoli vaziyatlarni bartaraf etish holati.