Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Mamanova Karomat Xolmanovna tomonidan deputatlik so‘rovi yuborildi.
“Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida»gi Qonunning 5 va 8-moddalariga asosan Paxtakor tumani hududidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarga sifatli ta’lim berish holati, xususan “Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” fanining tashkil etilishi hamda mazkur fan bo‘yicha mashg‘ulotlarni samarali o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan o‘quv qurollari va inventarlar bilan ta’minlanganlik holati yuzasidan ma’lumot berishini so'rab tegishli tashkilotga deputat so'rovi jo'natgan.
Ushbu masala bo‘yicha deputat tashabbusi bilan joyiga chiqib o‘rganish ishlari boshlangan.
Ma’lumot uchun: Deputat so‘rovlari qonunchilikka muvofiq belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilib, javob qaytarilishi shart.