Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"NAVRO'Z" MAHALLASIDA NAVBATDAGI SAYYOR QABUL O'TKAZILDI
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
TUMAN HOKIMINING AHOLI VA TADBIRKORLARGA MUROJAATNOMASI - TUMAN RIVOJI YO'LIDA MUHIM QADAM
янв.21
MAQOLA
янв.21
МАҲАЛЛАДА МУРОЖААТНОМА ТАРҒИБОТИ: АҲОЛИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHI DEPUTATI - TUMAN HOKIMI R.RO'ZIYEVNING AHOLI VA TADBIRKORLARGA MUROJAATNOMASI - TUMAN RIVOJI YO'LIDA MUHIM QADAM
янв.21
Семинар-йиғилиш бўлиб ўтди
янв.21
Targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
“Ажрим ёқасидаги оилалар тақдири – эътибор марказида”
янв.21
ДЕПУТАТЛАР САЙЁР ЎРГАНИШДА
Sho‘rchida 101 yoshni qarshi olgan otaxon qutlandi

 Sho‘rchida 101 yoshni qarshi olgan otaxon qutlandi

      Umr dovonini allaqachon zabt etib, qarilik gashtini surayotgan oqsoqol otaxonlar va nuroniy momolarimizning har bir so‘zi bugungi avlod uchun o‘git, pand-nasihat va yo‘l-yo‘riqdir. 

     O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan xalq deputatlari Sho‘rchi tuman Kengashi deputati O‘. Cho‘tboyev “Laylakxona” mahallasining “Keksalar maslahati” guruhi rahbari H. Alixonov hamda nuroniylar ishtirokida mahalla faxriysi Rahimnazar bobo Yaxshiqulovning muborak 101 yoshni qarshi olgani munosabati bilan tashrif buyurildi. 

      Tashrif davomida Respublika boshqaruvi raisi, O‘zbekiston Qahramoni, senator Sodiqjon Turdiyevning tabriknomasi yetkazildi. Yaxshi tilaklar va ezgu niyatlar bildirilib, otaxonning samimiy duolaridan bahramand bo‘lindi. 

      Rahimnazar bobo tashrifdan mamnun ekanini bildirib, har bir ayyomda tinchlikning bebaho ne’mat ekanini alohida ta’kidladi. Bugungi tinch va osoyishta zaminda yashayotganidan Allohga behad shukronalar aytdi. Tadbir yakunida mahalla faxriysi Rahimnazar bobo Yaxshiqulovga esdalik sovg‘alari topshirildi.  

Slide 1 of 1