Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"NAVRO'Z" MAHALLASIDA NAVBATDAGI SAYYOR QABUL O'TKAZILDI
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
TUMAN HOKIMINING AHOLI VA TADBIRKORLARGA MUROJAATNOMASI - TUMAN RIVOJI YO'LIDA MUHIM QADAM
янв.21
MAQOLA
янв.21
МАҲАЛЛАДА МУРОЖААТНОМА ТАРҒИБОТИ: АҲОЛИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHI DEPUTATI - TUMAN HOKIMI R.RO'ZIYEVNING AHOLI VA TADBIRKORLARGA MUROJAATNOMASI - TUMAN RIVOJI YO'LIDA MUHIM QADAM
янв.21
Семинар-йиғилиш бўлиб ўтди
янв.21
Targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
“Ажрим ёқасидаги оилалар тақдири – эътибор марказида”
янв.21
ДЕПУТАТЛАР САЙЁР ЎРГАНИШДА
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati Jumavoy Rahmonqulov tomonidan “Navbahor” mahallasi hududida joylashgan 48-umumta’lim maktabida o‘qtuvchilar, pedagoglar va o‘quvchilar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida Prezidentimiz murojaatlarida belgilab berilgan yoshlar ta’lim-tarbiyasi doirasidagi dolzarb vazifalar, o‘quvchilarning ta’lim jarayonidagi faolligi hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Shuningdek, darslarni muntazam qoldiruvchi hamda tarbiyasi og‘ir bo‘lgan o‘quvchilar holati keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilinib, ularning ta’lim va tarbiyasini yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Ta’limda yuqori natijalarga erishayotgan, intizomli va namunali xulqi bilan ajralib turgan o‘quvchilar rag‘batlantirildi.

Uchrashuv yakunida ota-onalarning farzandlari ta’lim-tarbiyasiga bo‘lgan mas’uliyatini yanada kuchaytirish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 3