Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"NAVRO'Z" MAHALLASIDA NAVBATDAGI SAYYOR QABUL O'TKAZILDI
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
TUMAN HOKIMINING AHOLI VA TADBIRKORLARGA MUROJAATNOMASI - TUMAN RIVOJI YO'LIDA MUHIM QADAM
янв.21
MAQOLA
янв.21
МАҲАЛЛАДА МУРОЖААТНОМА ТАРҒИБОТИ: АҲОЛИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHI DEPUTATI - TUMAN HOKIMI R.RO'ZIYEVNING AHOLI VA TADBIRKORLARGA MUROJAATNOMASI - TUMAN RIVOJI YO'LIDA MUHIM QADAM
янв.21
Семинар-йиғилиш бўлиб ўтди
янв.21
Targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
“Ажрим ёқасидаги оилалар тақдири – эътибор марказида”
янв.21
ДЕПУТАТЛАР САЙЁР ЎРГАНИШДА
“Vaqtida tibbiy ko‘rik — sog‘lom kelajak kafolati”

           Inson salomatligi jamiyat taraqqiyoti va barqaror rivojlanishining eng muhim omillaridan biri hisoblanadi. Sog‘lom jamiyatni shakllantirish, aholining hayot sifati va uzoq umr ko‘rishini ta’minlashda profilaktika tadbirlarining o‘rni beqiyosdir. Ayniqsa, ayollar salomatligini muhofaza qilish oila barqarorligi, onalik va bolalikni himoya qilish, shuningdek, kelajak avlodning sog‘lom kamol topishini ta’minlashda alohida ahamiyat kasb etadi. Shu munosabat bilan, Jalaquduq tumani Urg‘i MFYda ayollar o‘rtasida belgilangan 8 ta majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida va to‘liq o‘tishni ta’minlash, turli kasalliklarning oldini olish, ularni erta bosqichda aniqlash hamda samarali davolash choralarini ko‘rish dolzarb vazifalardan biri hisoblanishi to‘g‘risida tadbir o‘tkazildi. Mazkur tadbirda tuman Kengashi deputati Yo.Tadjibayeva xamda X.Qirg‘izboyevalar ishtirok etib, ayollar salomatligini muhofaza qilish davlat siyosati darajasida e’tibor markazida ekanini ta’kidladi. Shuningdek, u barcha xotin-qizlarni o‘z salomatligiga befarq bo‘lmaslikka, belgilangan tibbiy ko‘riklarda faol ishtirok etishga chaqirdi.  

Slide 1 of 6