Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"NAVRO'Z" MAHALLASIDA NAVBATDAGI SAYYOR QABUL O'TKAZILDI
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
TUMAN HOKIMINING AHOLI VA TADBIRKORLARGA MUROJAATNOMASI - TUMAN RIVOJI YO'LIDA MUHIM QADAM
янв.21
MAQOLA
янв.21
МАҲАЛЛАДА МУРОЖААТНОМА ТАРҒИБОТИ: АҲОЛИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHI DEPUTATI - TUMAN HOKIMI R.RO'ZIYEVNING AHOLI VA TADBIRKORLARGA MUROJAATNOMASI - TUMAN RIVOJI YO'LIDA MUHIM QADAM
янв.21
Семинар-йиғилиш бўлиб ўтди
янв.21
Targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
“Ажрим ёқасидаги оилалар тақдири – эътибор марказида”
янв.21
ДЕПУТАТЛАР САЙЁР ЎРГАНИШДА
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash deputatlari Islom Sivilizatsiyasi Markazida bo‘lib, xalq bilan muloqotda bo‘lishdi

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash deputatlari Islom Sivilizatsiyasi Markazida bo‘lib, xalq bilan muloqotda bo‘lishdi

Bugun 4-fevral kuni xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi, kotibiyat mudiri hamda Kengash deputatlari Islom Sivilizatsiyasi Markazida bo‘lib, turizm sohasidagi loyihalar o‘rganildi va aholi bilan muloqot o‘tkazdilar. Tadbir davomida deputatlar va "Xastimom" mahalla yettilik vakillari, markazning ilmiy va madaniy faoliyatlari bilan tanishib, uning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini muhokama qildilar.

Ushbu uchrashuvda, ayniqsa, nuroniylar bilan bevosita muloqot o‘tkazilib, ular tomonidan bildirgan taklif va tavsiyalarni tinglashga alohida e’tibor qaratildi. Deputatlar, shuningdek, jamiyatdagi ijtimoiy masalalar, tarbiyaviy-ma’rifiy faoliyatlar va yoshlarni tarbiyalash borasida aholi bilan fikr almashdilar.

Uchrashuvda, "Xastimom" mahallasida amalga oshirilgan loyihalar va kelgusi rejalarga ham to‘xtalindi. Islom Sivilizatsiyasi Markazida tashkil etilgan muloqot, aholi o‘rtasida o‘zaro aloqalarni mustahkamlashga, shuningdek, qonun loyihalarini xalq bilan kelishishda shaffoflikni ta’minlashga qaratilganligi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, deputatlar, xalqning ehtiyojlari va takliflari asosida ijtimoiy sohadagi samarali chora-tadbirlarni amalga oshirishga kelishib oldilar. Bu kabi muloqotlar, jamoatchilik fikrini inobatga olish va davlat boshqaruvining samaradorligini oshirish uchun muhim ahamiyatga ega.

Slide 1 of 7