Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"NAVRO'Z" MAHALLASIDA NAVBATDAGI SAYYOR QABUL O'TKAZILDI
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
TUMAN HOKIMINING AHOLI VA TADBIRKORLARGA MUROJAATNOMASI - TUMAN RIVOJI YO'LIDA MUHIM QADAM
янв.21
MAQOLA
янв.21
МАҲАЛЛАДА МУРОЖААТНОМА ТАРҒИБОТИ: АҲОЛИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHI DEPUTATI - TUMAN HOKIMI R.RO'ZIYEVNING AHOLI VA TADBIRKORLARGA MUROJAATNOMASI - TUMAN RIVOJI YO'LIDA MUHIM QADAM
янв.21
Семинар-йиғилиш бўлиб ўтди
янв.21
Targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
“Ажрим ёқасидаги оилалар тақдири – эътибор марказида”
янв.21
ДЕПУТАТЛАР САЙЁР ЎРГАНИШДА
Deputat tomonidan saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi deputati, Yangikent mahalla fuqarolar yig‘ini raisi F.Sarimsakov tomonidan saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Q.Nurmatov hamda Zarbdor tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Z.Mullajonov ham ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida fuqarolarning turli masalalar bo‘yicha bildirgan murojaatlari va takliflari tinglandi. Jumladan, aholining ijtimoiy himoyasi, bandlik, kambag‘allikni qisqartirish, infratuzilma, obodonlashtirish hamda mahalla hayotiga oid masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Bildirilgan murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, ularni o‘rganish va mavjud muammolarga qonunchilik doirasida yechim topish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltirilishi belgilab olindi.
Mazkur uchrashuv saylovchilar bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida va samarali munosabat bildirish hamda deputatlik faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. 

Slide 1 of 5