#TABRIK
14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni muborak!
⭐️Bugun mardlik va fidoyilik kasbini tanlagan insonlar e’zozlanadigan kun. Harbiy xizmat — bu nafaqat kasb, balki yurt oldidagi yuksak mas’uliyat va sadoqat ramzidir.
Yurtimiz tinchligi, osmonimiz musaffoligi va xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar fidoyiligi har qanday e’tirofga loyiq. Ularning qat’iyati va intizomi davlat barqarorligining muhim kafolatidir.
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi Vatan himoyasi yo‘lida xizmat qilayotgan barcha yurtdoshlarimizga chuqur hurmat bildiradi va ularni bugungi bayram munosabati bilan tabriklaydi.
Barchangizga kuch-quvvat, ruhan bardamlik, yaqinlaringiz davrasida fayzli kunlar tilaymiz. Tanlagan yo‘lingiz sharafli, xizmat yo‘lingiz doimo omadli bo‘lsin!
✈️
@sam_vil_deputatlari