Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"NAVRO'Z" MAHALLASIDA NAVBATDAGI SAYYOR QABUL O'TKAZILDI
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
TUMAN HOKIMINING AHOLI VA TADBIRKORLARGA MUROJAATNOMASI - TUMAN RIVOJI YO'LIDA MUHIM QADAM
янв.21
MAQOLA
янв.21
МАҲАЛЛАДА МУРОЖААТНОМА ТАРҒИБОТИ: АҲОЛИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHI DEPUTATI - TUMAN HOKIMI R.RO'ZIYEVNING AHOLI VA TADBIRKORLARGA MUROJAATNOMASI - TUMAN RIVOJI YO'LIDA MUHIM QADAM
янв.21
Семинар-йиғилиш бўлиб ўтди
янв.21
Targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
“Ажрим ёқасидаги оилалар тақдири – эътибор марказида”
янв.21
ДЕПУТАТЛАР САЙЁР ЎРГАНИШДА
Murojaatnomaga munosabat.

 Xalq deputatlari Buloqboshi tuman Kengashi 17-SharqYulduzi okrugidan saylangan deputat Karimov Shamshidin tomonidan saylov okrugidagi 20-umumta’lim maktabida o‘quvchilar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. 

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis hamda O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyati keng yoritildi. Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan ustuvor vazifalar, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, ta’lim, bandlik va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan maqsadlar yuzasidan batafsil tushunchalar berildi. 

Xususan, Ta’lim sohasini rivojlantirish davlat va jamiyat taraqqiyotining muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Zamonaviy bilim va kasbiy ko‘nikmalarga ega, mustaqil fikrlaydigan, vatanparvar yosh avlodni tarbiyalash bevosita ta’lim tizimi samaradorligiga bog‘liq. 

Shu munosabat bilan ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, o‘qituvchi va pedagog kadrlarning kasbiy salohiyatini oshirish, ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy etish hamda ta’lim sifatini xalqaro standartlar asosida takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqdaligi gapirib o‘tildi. 

Ta’limga qaratilgan bunday izchil islohotlar mamlakatning intellektual salohiyatini yuksaltirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashga xizmat qiladi. 

Shuningdek, maktab o‘quvchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar,ular tomonidan taklif va mulohazalar bildirildi. Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tdi. 

   

Slide 1 of 8