Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Креатив тадбиркор ёшлар” лойиҳаси доирасида депутатлар ва ёшлар иштирокида очиқ мулоқот тадбири ташкил этилди.
янв.21
Deputat sayyor qabul o‘tkazdi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi: milliy taraqqiyotning yangi bosqichi jamoatchilik muhokamasida
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KONIMEX TUMAN KENGASHINING  NAVBATDAGI O'N BYEShINCHI SESSIYASI O'TKAZILDI
янв.21
Tuman hokimi "Yangiqazg‘on" va "Sarjal" ovul fuqarolar yig‘inida sayyor qabul o‘tkazdi.
янв.21
Deputatlar ta’lim maskanida: 19-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari shahardagi 9-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, aholi va bolalar uchun sport inshooti, sport zali va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati har tomonlama o‘rgandilar

O‘rganish davomida maktab hududidagi futbol maydonchasi, sport zali va o‘quvchilarning jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish sharoitlari o‘rganildi. Ayrim joylarda sport maydonlari va jihozlar ta’mirtalab ekanligi aniqlanib, ularni ta’mirlash tartibga olish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli tavsiyalar berildi.
Shu bilan birga deputatlar maktabning isitish tizimlari, issiq suv ta’minoti, deraza va eshiklarning germetik holati, shuningdek, energiya tejamkorlik choralarining ko‘rilishi joyida ko‘zdan kechirildi. Deputatlar tomonidan o‘quvchilar darslarni iliq va xavfsiz muhitda o‘tishlari uchun zarur bo‘lgan barcha sharoitlarni yaratish masalasi alohida e’tiborga olindi.
Maktab oshxonalarining sanitariya-gigiyena holati, ovqat tayyorlash jihozlari, gaz va elektr ta’minoti, oziq-ovqat mahsulotlari saqlanadigan joylar ham tekshirildi. Deputatlar ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlanish tizimini yanada takomillashtirish, bolalar uchun sifatli va to‘yimli taomlar tayyorlash bo‘yicha tavsiyalar berdilar.
Deputatlar, shuningdek, bo‘sh turgan yer maydonlarini yoshlar uchun ochiq sport maydonchalari yoki ko‘kalamzorlashtirilgan dam olish maskanlariga aylantirish tashabbusini ilgari surdilar.
Yakunda deputatlar tomonidan aniqlangan masalalar yuzasidan maktab ma’muriyati hamda ma’sul tashkilotlarga aniq ko‘rsatmalar berildi. Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini sifatli yakunlash, maktab o‘quvchilari uchun xavfsiz va qulay ta’lim sharoitlarini yaratish doimiy deputatlik nazoratida bo‘lishi ta’kidlab o‘tildi.

Slide 1 of 8