Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"NAVRO'Z" MAHALLASIDA NAVBATDAGI SAYYOR QABUL O'TKAZILDI
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
TUMAN HOKIMINING AHOLI VA TADBIRKORLARGA MUROJAATNOMASI - TUMAN RIVOJI YO'LIDA MUHIM QADAM
янв.21
MAQOLA
янв.21
МАҲАЛЛАДА МУРОЖААТНОМА ТАРҒИБОТИ: АҲОЛИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHI DEPUTATI - TUMAN HOKIMI R.RO'ZIYEVNING AHOLI VA TADBIRKORLARGA MUROJAATNOMASI - TUMAN RIVOJI YO'LIDA MUHIM QADAM
янв.21
Семинар-йиғилиш бўлиб ўтди
янв.21
Targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
“Ажрим ёқасидаги оилалар тақдири – эътибор марказида”
янв.21
ДЕПУТАТЛАР САЙЁР ЎРГАНИШДА
Deputat mahallada

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati Sobirjon Allayarov tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlarini o‘rganish maqsadida tumandagi “Yoshlik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 4-umumta’lim maktabida bo‘ldi. Tashrif davomida ta’lim muassasasining qishki mavsumga tayyorgarlik darajasi, isitish tizimi holati, yong‘in xavfsizligi choralari hamda yoqilg‘i ta’minoti bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi. Aniqlanishicha, maktabdagi isitish qozonlari bir maromda ishlab turibdi. Shuningdek, 60 tonna miqdorda ko‘mir yonilg‘isi zaxira qilinib, maxsus omborda saqlashga qo‘yilgan. Binolardagi issiqlik tizimi sinovdan o‘tkazilgan va ta’mirlash ishlari o‘z vaqtida bajarilgani ma’lum bo‘ldi. Deputat maktab ma’muriyati va mas’ul xizmat xodimlariga mavsum davomida isitish tizimining uzluksiz ishlashini ta’minlash, energiya tejamkor texnologiyalardan samarali foydalanish hamda o‘quvchilar uchun qulay sharoit yaratish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berdi.

Slide 1 of 2