Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KONIMEX TUMAN KENGASHINING  NAVBATDAGI O'N BYEShINCHI SESSIYASI O'TKAZILDI
янв.21
Tuman hokimi "Yangiqazg‘on" va "Sarjal" ovul fuqarolar yig‘inida sayyor qabul o‘tkazdi.
янв.21
Deputatlar ta’lim maskanida: 19-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Жорий йилнинг 06-ноябрь куни РШТЁИМ НВФ директори - Халқ депутатлари вилоят Кенгаши депутати Бахром Жалолов ҳамда туман Кенгаши депутати Рўзигул Муратова тумандаги қурилиш, ободонлаштириш ва таълим соҳасидаги ишлар билан танишди.
Deputatlar tomonidan Quva tumani markaziy shifoxonasidagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi

 Deputatlar tomonidan Quva tumani markaziy shifoxonasidagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi 

Quva tumanida aholi salomatligini mustahkamlash va tibbiy xizmat sifatini oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan
qurilish-ta’mirlash ishlari deputatlarning doimiy e’tiboridadir.
 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari tomonidan Taxtako‘prik mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan
Quva tumanlararo qo‘shma shikastlanish va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazida
“Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
 

Ma’lumki, mazkur loyiha uchun davlat tomonidan 1,5 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib,
ta’mirlash ishlari pudratchi tashkilot - “Ulug‘bek qizil Qaqir” MChJ tomonidan olib
borilmoqda.
 

Deputatlarning o‘rganishlari jarayonida: 

kasalxonaning tibbiy xizmat ko‘rsatish xonalari va bemorlar palatalarida bajarilgan pardozlash
ishlarida ayrim kamchiliklar va nuqsonlar aniqlandi;
 

aniqlangan kamchiliklar yuzasidan pudratchi tashkilot rahbariyatiga anik ko‘rsatmalar berildi
hamda ularni bartaraf etish muddatlari belgilab qo‘yildi;
 

ishlar sifatini oshirish, zamonaviy talablarga mos ravishda bajarish bo‘yicha qo‘shimcha tavsiyalar berildi. 

Shu bilan birga, deputatlar ta’mirlash jarayonida shaffoflik, sifat va tezkorlik ta’minlanishi shart ekanligini ta’kidlab,
bu masala qat’iy deputatlik nazoratiga olindi.
 

Mazkur chora-tadbirlar tufayli shifoxonada bemorlar uchun qulay, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga xizmat
qiladigan zamonaviy sharoit yaratilishi ko‘zda tutilmoqda.
  

Slide 1 of 7