Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KONIMEX TUMAN KENGASHINING  NAVBATDAGI O'N BYEShINCHI SESSIYASI O'TKAZILDI
янв.21
Tuman hokimi "Yangiqazg‘on" va "Sarjal" ovul fuqarolar yig‘inida sayyor qabul o‘tkazdi.
янв.21
Deputatlar ta’lim maskanida: 19-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Жорий йилнинг 06-ноябрь куни РШТЁИМ НВФ директори - Халқ депутатлари вилоят Кенгаши депутати Бахром Жалолов ҳамда туман Кенгаши депутати Рўзигул Муратова тумандаги қурилиш, ободонлаштириш ва таълим соҳасидаги ишлар билан танишди.
TARAQQIYOT VA TOTUVLIK ANJUMANI

TARAQQIYOT VA TOTUVLIK ANJUMANI

🌐BMT Ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti (YUNESKO) Bosh konferensiyasining navbatdagi sessiyasi so‘nggi 40 yil ichida ilk bor Parijdan tashqarida, qadimiy Samarqandda o‘tkazilgani O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘sini yanada oshirishi nuqtai nazaridan beqiyos tarixiy voqea bo‘ldi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev anjumanga kelgan barcha delegatsiyalarga samimiy minnatdorlik bildirar ekan, bunday nufuzli forumning O‘zbekistonda o‘tkazilayotganligini «Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan keng ko‘lamli, jadal islohotlarga bo‘lgan yuksak ishonchning yorqin ifodasi» deya ta’kidladi. Darhaqiqat, bu YUNESKO a’zo davlatlarining Yangi O‘zbekistonga ishonchi, xalqaro maydondagi o‘rnimizning tobora oshayotganidan dalolat beradi. Tashkilotning jahon mamlakatlari hamkorligiga qo‘shayotgan hissasi bilan bir qatorda, Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan konferensiya ham ramziy ahamiyat kasb etadi. Davlatimiz rahbari Samarqandni buyuk alimlar va nodir g‘oyalar shahri sifatida tilga olib, bu muazzam zamin necha asrlardan buyon ilm-fan, adabiyot va san’at durdonalari markazi bo‘lganini qayd etdi.

YUNESKO sessiyasi doirasida O‘zbekistonning xalqaro tashabbuslari ham katta e’tiborga sazovor bo‘ldi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan «Xiva jarayoni», «Kichik yoshdagi bolalarga g‘amxo‘rlik va ta’lim berish to‘g‘risidagi Toshkent deklaratsiyasi», shuningdek «Axborotdan erkin foydalanish kuni» munosabati bilan qabul qilingan Toshkent deklaratsiyasi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida muhim hujjatlardir.

Batafsil (https://telegra.ph/TARAQQIYOT-VA-TOTUVLIK-ANJUMANI-11-02)

Mavlon Boboxonov,

Xalq deputatlari Samarqand 

viloyat kengashi deputati

✅ @sam_vil_deputatlar

Slide 1 of 1