Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"NAVRO'Z" MAHALLASIDA NAVBATDAGI SAYYOR QABUL O'TKAZILDI
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
TUMAN HOKIMINING AHOLI VA TADBIRKORLARGA MUROJAATNOMASI - TUMAN RIVOJI YO'LIDA MUHIM QADAM
янв.21
MAQOLA
янв.21
МАҲАЛЛАДА МУРОЖААТНОМА ТАРҒИБОТИ: АҲОЛИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHI DEPUTATI - TUMAN HOKIMI R.RO'ZIYEVNING AHOLI VA TADBIRKORLARGA MUROJAATNOMASI - TUMAN RIVOJI YO'LIDA MUHIM QADAM
янв.21
Семинар-йиғилиш бўлиб ўтди
янв.21
Targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
“Ажрим ёқасидаги оилалар тақдири – эътибор марказида”
янв.21
ДЕПУТАТЛАР САЙЁР ЎРГАНИШДА
Oltinsoy tumanida “Qorliq” mahallasi yettiligining hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

 Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Z.Mengnorova ishtirokida “Qorliq” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati yuzasidan hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi. Tadbirda mahalla faollari, nuroniylar, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari, profilaktika inspektori va boshqa yettilik a’zolari qatnashdi.

Yig‘ilish davomida mahalla yettiligining o‘tgan davr mobaynida amalga oshirgan ishlari, aholining murojaatlarini ko‘rib chiqish holati, ijtimoiy muammolarni hal etish, aholi bilan ishlashdagi hamkorlik va targ‘ibot ishlari yuzasidan atroflicha hisobot berildi.

Deputat Z.Mengnorova o‘z so‘zida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35–V-sonli Qarori talablariga muvofiq ravishda, mahalla yettiligining ish faoliyatini o‘rganish, ularning aholi manfaatlarini himoya qilishdagi rolini kuchaytirish va joylardagi muammolarni samarali hal etish borasidagi vazifalarni amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Shuningdek, deputat tomonidan mahalla yettiligi faoliyati chuqur o‘rganilib, ularning ish yuritish tartibi, aholi bilan muloqot darajasi, yoshlar, xotin-qizlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash samaradorligi tahlil qilindi.

Tadbir yakunida deputat tomonidan tegishli tavsiyalar berildi hamda mahallada ijtimoiy faollikni oshirish, profilaktik choralarni kuchaytirish
va aholining muammolarini tezkor hal etish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Yig‘ilishda fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar qayd etildi va ularni amalga oshirish bo‘yicha aniq choralar rejasi ishlab chiqildi.

Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

Slide 1 of 9