Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"NAVRO'Z" MAHALLASIDA NAVBATDAGI SAYYOR QABUL O'TKAZILDI
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
TUMAN HOKIMINING AHOLI VA TADBIRKORLARGA MUROJAATNOMASI - TUMAN RIVOJI YO'LIDA MUHIM QADAM
янв.21
MAQOLA
янв.21
МАҲАЛЛАДА МУРОЖААТНОМА ТАРҒИБОТИ: АҲОЛИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHI DEPUTATI - TUMAN HOKIMI R.RO'ZIYEVNING AHOLI VA TADBIRKORLARGA MUROJAATNOMASI - TUMAN RIVOJI YO'LIDA MUHIM QADAM
янв.21
Семинар-йиғилиш бўлиб ўтди
янв.21
Targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
“Ажрим ёқасидаги оилалар тақдири – эътибор марказида”
янв.21
ДЕПУТАТЛАР САЙЁР ЎРГАНИШДА
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Nizomiddin Botirov 2025-yilning uchinchi choragida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berdi

#deputat_axboroti #deputatlik_faoliyati

❗️Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Nizomiddin Botirov 2025-yilning uchinchi choragida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berdi

📢 Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati, Oqqo`rg`on tumani 19-saylov okrugi hududida saylovchilar bilan uchrashib, 2025-yilning uchinchi choragi va o‘tgan 9 oy davomida amalga oshirilgan faoliyati yuzasidan axborot berdi.

➡️ Hisobot yig‘ilishi ochiq muloqot tarzida o‘tkazilib, unda mahalla faollari, tuman hokimligi vakillari, ijtimoiy soha mutasaddilari hamda saylovchilar ishtirok etdilar. Tadbir davomida deputat o‘z faoliyati jarayonida amalga oshirilgan ishlar, fuqarolardan tushgan murojaatlar va ularning yechimi bo‘yicha erishilgan natijalar haqida batafsil ma’lumot berdi.

🗂️ Uchrashuv davomida deputat Oqqo`rg`on tumanida olib borilayotgan obodonlashtirish, ijtimoiy himoya va bandlik sohasidagi islohotlarga ham to‘xtalib o‘tdi. Fuqarolarning turmush sharoitini yaxshilash, ayollar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida qator amaliy tashabbuslar ilgari surilganini qayd etdi.

💬 Tadbir yakunida saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar inobatga olinib, istiqboldagi rejalar belgilab olindi. Fuqarolar deputatning ochiqlik, jonbozlik va mas’uliyat bilan ishlashini e’tirof etib, faoliyatiga yuqori baho berdilar.

https://t.me/TV_Kengash

Slide 1 of 3