Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"NAVRO'Z" MAHALLASIDA NAVBATDAGI SAYYOR QABUL O'TKAZILDI
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
TUMAN HOKIMINING AHOLI VA TADBIRKORLARGA MUROJAATNOMASI - TUMAN RIVOJI YO'LIDA MUHIM QADAM
янв.21
MAQOLA
янв.21
МАҲАЛЛАДА МУРОЖААТНОМА ТАРҒИБОТИ: АҲОЛИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHI DEPUTATI - TUMAN HOKIMI R.RO'ZIYEVNING AHOLI VA TADBIRKORLARGA MUROJAATNOMASI - TUMAN RIVOJI YO'LIDA MUHIM QADAM
янв.21
Семинар-йиғилиш бўлиб ўтди
янв.21
Targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
“Ажрим ёқасидаги оилалар тақдири – эътибор марказида”
янв.21
ДЕПУТАТЛАР САЙЁР ЎРГАНИШДА
Mahallada ma’naviyat — e’tibor markazida!

 Mahallada
ma’naviyat — e’tibor markazida!
 

  

Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari Bumayram Sobirova va Feruza Omonova tashabbusi bilan Tinchlik, Beruniy,
Oq oltin va Farg‘ona mahallalarida to‘y va marosimlarni
ixchamlashtirish, ortiqcha dabdabadan voz kechish va erta nikohlarni oldini olish

mavzusida dolzarb targ‘ibot tadbirlari
o‘tkazildi. 

Tadbirda
namoyish etilgan “Ota” nomli qisqa
metrajli tarbiyaviy film tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Film oilaviy
mas’uliyat, farzand tarbiyasi va insoniy qadriyatlar haqida chuqur mulohaza uyg‘otdi. 

Suhbat
davomida mahalla faollari marosimlarni ixcham
va mazmunli o‘tkazish
, isrofchilikka chek qo‘yish, yoshlar tarbiyasida
oilaviy hamjihatlikni mustahkamlash haqida amaliy fikr va takliflar bildirdilar. 

Deputatlar
tomonidan ta’kidlandiki, har bir to‘y yoki marosim — bu nafaqat bayram, balki ma’naviyat va madaniyatning ifodasi hamdir.
Shu bois ortiqcha dabdaba emas, balki samimiyat va ma’no ustuvor bo‘lishi lozim. 

Bu
tadbirlar aholi ongida mas’uliyat, madaniyat
va ma’naviyatni yuksaltirish
, oilalarda totuvlik va sog‘lom muhitni mustahkamlash sari muhim qadam
bo‘ldi.  

Slide 1 of 6