“Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida mamlakatimiz bo‘ylab 22–23-avgust kunlari umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tdi. Umumxalq hayriya hasharida xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari ham faol ishtirok etishdi.
Hashar jarayonida Termiz shahrining barcha mahallalarida, tashkilot va muassasalarda keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borib, ko‘chalar tozalandi, daraxtlar parvarish qilindi, gullar ekilib, yashil hududlar yanada chiroyli qiyofaga keltirildi.
Mazkur hasharlar nafaqat tozalikni ta’minlash, balki hamjihatlik va mehr-oqibatni kuchaytirish, jamoada ahillik ruhini mustahkamlashga xizmat qildi.