Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati Olimjon Jumanazarov hamda viloyat deputati Abdurasul Bababekovlarning "Muqumiy" mahallasida saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida deputatlar hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, aholining murojaatlari va yechimini kutayotgan muammolar yuzasidan fikr almashdi. Shuningdek deputatlar 2025-yilning 2-choragi yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari yuzasidan axborot berishdi. Saylovchilar tomonidan ko‘tarilgan masalalar alohida qayd etilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berilishi aytib o‘tildi.

📌 Uchrashuvda fuqarolar tomonidan yo‘l, ichimlik suvi, bandlik, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimiga oid dolzarb masalalar ko‘tarildi.

Deputat har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, hal qilinishi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishini bildirdi.

Slide 1 of 3