35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hudud taraqqiyoti va obod mahalla — xalq manfaatlari yo‘lida!
янв.21
Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq yigirma oltinchi sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
KUTUBXONA FAOLIYATI VA ADABIYOTLAR TA’MINOTI O‘RGANILDI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-405-sonli qaror ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
DEHQON XO‘JALIKLARINI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
“Yangi Oʻzbekiston qiyofasi” — obod mahalla sari muhim qadam
янв.21
TADBIRKORLAR MANFAATI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
Bepul dori vositalari taqsimoti deputatlik nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq yigirma beshinchi sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
BOLALAR DEPUTAT E’TIBOR MARKAZIDA
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI TO‘G‘RISIDA”GI QONUNI (O‘RQ–1023-son, 2025-yil 3-fevral)

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI TO‘G‘RISIDA”GI QONUNI (O‘RQ–1023-son, 2025-yil 3-fevral)

O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 3-fevraldagi O‘RQ–1023-sonli “Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlashning huquqiy asoslarini belgilaydi. Mazkur Qonun 2025-yil 6-avgustdan kuchga kirgan.

Qonunning asosiy maqsadi aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash, ichki bozorda narxlar barqarorligini saqlash, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda fuqarolarning sog‘lom ovqatlanishini ta’minlashdan iborat.

Qonunda oziq-ovqat xavfsizligi, davlat zaxirasi, oziq-ovqat balansi, aylanma zaxira, xavfsiz ovqatlanish kabi muhim tushunchalarga aniq ta’rif berilgan. Shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilab berilib, mahalliy ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash, oziq-ovqat mahsulotlari sifatini oshirish, sanitariya va veterinariya talablariga rioya etish, ichki bozorni muntazam monitoring qilish kabi vazifalar nazarda tutilgan.

Qonunga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida faoliyat olib boradi.

Mazkur Qonunda oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligining oldini olish maqsadida davlat zaxiralari va aylanma zaxiralarni shakllantirish, zarur hollarda import va eksportni tartibga solish hamda ijtimoiy ahamiyatga ega asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni aholi ehtiyojining kamida 80 foizi miqdorida ta’minlash kabi muhim mexanizmlar belgilangan.

Shuningdek, iste’molchilarning xavfsiz va sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini tanlash, mahsulot haqida ishonchli axborot olish, o‘z huquqlari buzilganda vakolatli organlarga murojaat qilish huquqlari mustahkamlangan. Ishlab chiqaruvchi va tadbirkorlik subyektlari zimmasiga esa mahsulot sifati va xavfsizligini ta’minlash, texnik reglamentlar talablariga rioya qilish hamda iste’molchilarga to‘liq va ishonchli ma’lumot taqdim etish majburiyati yuklatilgan.

Mazkur Qonunning qabul qilinishi mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash hamda sog‘lom turmush tarzini rivojlantirishga xizmat qiladi.