35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hudud taraqqiyoti va obod mahalla — xalq manfaatlari yo‘lida!
янв.21
Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq yigirma oltinchi sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
KUTUBXONA FAOLIYATI VA ADABIYOTLAR TA’MINOTI O‘RGANILDI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-405-sonli qaror ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
DEHQON XO‘JALIKLARINI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
“Yangi Oʻzbekiston qiyofasi” — obod mahalla sari muhim qadam
янв.21
TADBIRKORLAR MANFAATI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
Bepul dori vositalari taqsimoti deputatlik nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq yigirma beshinchi sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
BOLALAR DEPUTAT E’TIBOR MARKAZIDA
Deputat F. Madaliyeva saylovchilar oldida axborot  berdi

#KENGASH_FAOLIYATI
#Tizimli hamkorlik
#Deputatlik_axboroti

Deputat F. Madaliyeva saylovchilar oldida axborot  berdi

🏛 Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining o‘z saylovchilari hamda jamoatchilik oldida axborot berishi faoliyatda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashning eng muhim mezonlaridan biridir.
🔹 Ushbu an’anaga muvofiq, Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashining 11-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputati Madaliyeva Feruza Muhammadjanovna o‘zi saylangan okrug saylovchilari oldida o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar hamda deputatlik faoliyati yuzasidan axborot berdi.
🔹 Samimiy muloqot chog‘ida deputatning shahar Kengashi sessiyalaridagi faolligi, mansabdor shaxslarning axborot va hisobotlarini eshitish hamda hududiy muammolarni hal etish borasidagi vakolatlari doirasida bajarilgan ishlar atroflicha bayon etildi.
🔹 Xususan, o‘tgan davr mobaynida deputat tashabbusi hamda bevosita ishtirokida shahar Kengashi sessiyalarida jami
32 marotaba mansabdor shaxslarning hisobot va axborotlari tinglanib, tegishli qarorlar qabul qilinishiga erishildi. Jumladan:
1️⃣ Shahar hokimi — 2 ta;
2️⃣ Hokim o‘rinbosarlari — 14 ta;
3️⃣ Iqtisodiyot va moliya bo‘limi — 6 ta;
4️⃣ Ichki ishlar organlari — 2 ta;
5️⃣ Sog‘liqni saqlash tizimi — 1 ta;
6️⃣ Yoshlar ishlari agentligi — 2 ta;
7️⃣ Shahar prokuraturasi — 2 ta;
8️⃣ Adliya bo‘limi — 1 ta axboroti eshitildi.
🔹 Bundan tashqari, hisobot davrida deputat shahar miqyosida ijro etilishi majburiy bo‘lgan 2 ta muhim normativ-huquqiy qaror loyihasini ishlab chiqish hamda qabul qilish jarayonlarida faol ishtirok etdi.

🇺🇿 Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi

👀 Bizni kuzatishni davom eting! 👇👇👇

Telegram |✅ Facebook | 📹 YouTube | 🌐 Instagram |🇺🇿 E-kengash.uz

Slide 1 of 3