35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hudud taraqqiyoti va obod mahalla — xalq manfaatlari yo‘lida!
янв.21
Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq yigirma oltinchi sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-405-sonli qaror ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
KUTUBXONA FAOLIYATI VA ADABIYOTLAR TA’MINOTI O‘RGANILDI
янв.21
DEHQON XO‘JALIKLARINI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
“Yangi Oʻzbekiston qiyofasi” — obod mahalla sari muhim qadam
янв.21
TADBIRKORLAR MANFAATI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
Bepul dori vositalari taqsimoti deputatlik nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq yigirma beshinchi sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
BOLALAR DEPUTAT E’TIBOR MARKAZIDA
OBODONLASHTIRISH ISHLARI KENGASH VA HOKIMIYAT HAMKORLIGIDA O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputatlari tomonidan hududlarni bevosita joyiga chiqib o‘rganish, aholi uchun qulay va ozoda muhit yaratish, obodonlashtirish ishlarining samaradorligini oshirish hamda aniqlangan muammolarni mas’ullar bilan hamkorlikda hal etishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.Xususan tuman Kengashiga 23-“Nomdanak” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman hokimi Elmurod Po‘latov hamda tuman Kengashi raisi Faxritdin Dadamatov tomonidan tegishli mutasaddi rahbarlar ishtirokida tumanimizdagi “Boyqozon” mahallasidagi temir yo‘l bilan tutash hududlarning obodonlashtirish va sanitariya holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.O‘rganish davomida hududning sanitariya holati, yo‘l yoqalari va yashil maydonlarning saqlanishi,irrigatsiya tarmoqlari, noqonuniy chiqindilar to‘planishining oldini olish
hamda temir yo‘l atrofidagi tartib-intizom masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Aniqlangan muammolar yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berilib,hududlarni obodonlashtirish, tozalash va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish,mavjud kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.Mazkur hamkorlikdagi o‘rganishlar hokimiyat va Kengashning aholi muammolarini hal etishda tizimli va amaliy yondashuv yo‘lga qo‘yilganini ko‘rsatadi.
  

Slide 1 of 4