35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hudud taraqqiyoti va obod mahalla — xalq manfaatlari yo‘lida!
янв.21
Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq yigirma oltinchi sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
KUTUBXONA FAOLIYATI VA ADABIYOTLAR TA’MINOTI O‘RGANILDI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-405-sonli qaror ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
DEHQON XO‘JALIKLARINI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
“Yangi Oʻzbekiston qiyofasi” — obod mahalla sari muhim qadam
янв.21
TADBIRKORLAR MANFAATI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
Bepul dori vositalari taqsimoti deputatlik nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq yigirma beshinchi sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
BOLALAR DEPUTAT E’TIBOR MARKAZIDA
Saylovchilar bilan ochiq muloqot va deputatlik faoliyati yuzasidan hisobot taqdim etildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 4-"Oq oltin" saylov okrugi deputati F.Mamajonov tomonidan “Aziz tepa” mahalla fuqarolar yig‘inida belgilangan reja-jadval asosida saylovchilar bilan navbatdagi ochiq uchrashuv hamda deputatlik faoliyati yuzasidan hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida deputat tomonidan hisobot davrida amalga oshirilgan ishlar, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish, deputatlik so‘rovlari yuborish, hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha olib borilgan ishlar hamda saylovchilar manfaatlarini himoya qilish borasidagi faoliyati yuzasidan batafsil axborot berildi.

Shuningdek, yig‘ilishda Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O‘.Tojiyeva hamda Kengash kotibiyati mudiri A.Nosirov so‘zga chiqib, deputat F.Mamajonovning saylov okrugida olib borayotgan faoliyati, saylovchilar bilan muntazam uchrashuvlar tashkil etayotgani, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularning yechimi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdilar.

Shu bilan birga, deputatning amaldagi qonunchilikda belgilangan huquq va vakolatlari, xususan, fuqarolar manfaatlarini himoya qilish, deputatlik so‘rovi yuborish, davlat organlari faoliyati ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish hamda hududlarni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surish borasidagi vakolatlari yuzasidan saylovchilarga batafsil tushuntirishlar berildi.

Ochiq muloqot jarayonida mahalla fuqarolari tomonidan hudud infratuzilmasini yaxshilash, kommunal xizmatlar sifati, ichimlik suvi ta’minoti, yo‘l va obodonlashtirish masalalari hamda boshqa dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha taklif va murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat yuzasidan amaldagi qonunchilik asosida tegishli tushuntirishlar berilib, ijrosini ta’minlash yuzasidan zarur choralar ko‘rish belgilab olindi.

Yakunda deputat saylovchilar bilan muntazam ochiq muloqot olib borish, ularning muammo va takliflarini o‘z vaqtida o‘rganish hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash bundan buyon ham deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolishini ta’kidladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 7