35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hudud taraqqiyoti va obod mahalla — xalq manfaatlari yo‘lida!
янв.21
Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq yigirma oltinchi sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-405-sonli qaror ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
KUTUBXONA FAOLIYATI VA ADABIYOTLAR TA’MINOTI O‘RGANILDI
янв.21
DEHQON XO‘JALIKLARINI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
“Yangi Oʻzbekiston qiyofasi” — obod mahalla sari muhim qadam
янв.21
TADBIRKORLAR MANFAATI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
Bepul dori vositalari taqsimoti deputatlik nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq yigirma beshinchi sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
BOLALAR DEPUTAT E’TIBOR MARKAZIDA
Deputat so‘rovi: “Oxshix” mahallasidagi ichki yo‘lni shag‘allashtirish masalasi nazoratga olindi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 1-Tinchlik saylov okrugidan saylangan deputat I. Xolov tomonidan “Oxshix” mahallasi saylovchilarining ichki yo‘llarni shag‘allashtirish bilan bog‘liq murojaatlari o‘rganildi.
✔️O‘rganishlar davomida mahalla aholisini qiynab kelayotgan ichki yo‘llarning nosoz holati transport qatnovi va fuqarolar uchun qator noqulayliklar tug‘dirayotgani aniqlandi. Mazkur muammoni ijobiy hal etish maqsadida deputat tomonidan tuman hokimining o‘rinbosari, Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i X. Bafoyev nomiga deputat so‘rovi yuborildi.
✔️Deputat so‘rovida “Oxshix” mahallasidagi ichki yo‘llarni shag‘allashtirish ishlarini tashkil etish hamda mazkur masalani belgilangan tartibda ko‘rib chiqish so‘ralgan. Ushbu murojaat ijrosi deputat tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, aholi uchun qulay va xavfsiz infratuzilmani yaratish yo‘lida amaliy ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 2