35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hudud taraqqiyoti va obod mahalla — xalq manfaatlari yo‘lida!
янв.21
Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq yigirma oltinchi sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
KUTUBXONA FAOLIYATI VA ADABIYOTLAR TA’MINOTI O‘RGANILDI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-405-sonli qaror ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
DEHQON XO‘JALIKLARINI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
“Yangi Oʻzbekiston qiyofasi” — obod mahalla sari muhim qadam
янв.21
TADBIRKORLAR MANFAATI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
Bepul dori vositalari taqsimoti deputatlik nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq yigirma beshinchi sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
BOLALAR DEPUTAT E’TIBOR MARKAZIDA
27-maktabdagi suv havzasi holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan 27-sonli umumta’lim maktabida joylashgan suv havzasining bugungi holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mazkur suv havzasi "Dolzarb 90 kun" dasturi doirasida yozgi ta’til davrida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni suzish sportiga jalb etish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda muhim o‘rin tutayotgani qayd etildi.

Shuningdek, suv havzasida yaratilgan sharoitlar, undan foydalanish tartibi, sanitariya-gigiyena talablari, xavfsizlik choralariga rioya etilishi hamda bolalar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish masalalari atroflicha ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida maktab rahbariyati bilan suv havzasining imkoniyatlarini yanada kengaytirish, bolalar va yoshlar uchun qulayliklarni oshirish, mavjud infratuzilmani takomillashtirish hamda xizmatlar sifatini yaxshilash yuzasidan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2