35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hudud taraqqiyoti va obod mahalla — xalq manfaatlari yo‘lida!
янв.21
Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq yigirma oltinchi sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-405-sonli qaror ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
KUTUBXONA FAOLIYATI VA ADABIYOTLAR TA’MINOTI O‘RGANILDI
янв.21
DEHQON XO‘JALIKLARINI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
“Yangi Oʻzbekiston qiyofasi” — obod mahalla sari muhim qadam
янв.21
TADBIRKORLAR MANFAATI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
Bepul dori vositalari taqsimoti deputatlik nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq yigirma beshinchi sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
BOLALAR DEPUTAT E’TIBOR MARKAZIDA
Sessiya kun tartibidagi masala hamda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi

#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#sessiya_kun_tartibidagi_masala

Sessiya kun tartibidagi masala hamda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev xalq deputatlari tuman Kengashiga 15-Zarkamar saylov okrugidan saylangan deputat A.Xolmo‘minov hududidagi "Kunchiqish" mahallasida bo‘lib, mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

O‘rganish davomida xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga ko‘maklashish, shuningdek, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

Shuningdek, xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga ko‘maklashish, shuningdek, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi masala yuzasidan hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Jarayonda xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, ularga amaliy yordam ko‘rsatish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda mahalla darajasida olib borilayotgan profilaktik va targ‘ibot ishlarining samaradorligi muhokama qilindi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3