35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hudud taraqqiyoti va obod mahalla — xalq manfaatlari yo‘lida!
янв.21
Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq yigirma oltinchi sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-405-sonli qaror ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
KUTUBXONA FAOLIYATI VA ADABIYOTLAR TA’MINOTI O‘RGANILDI
янв.21
DEHQON XO‘JALIKLARINI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
“Yangi Oʻzbekiston qiyofasi” — obod mahalla sari muhim qadam
янв.21
TADBIRKORLAR MANFAATI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
Bepul dori vositalari taqsimoti deputatlik nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq yigirma beshinchi sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
BOLALAR DEPUTAT E’TIBOR MARKAZIDA
#deputat nazorati #qonun ijrosi

#deputat nazorati
#qonun ijrosi

Deputat tomonidan "Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (1993-yil 3-sentabr, № 938-XII) ijrosi o‘rganildi

📍Xalq deputatlari O'rta Chirchiq  tuman Kengashi deputati K.Bayzakovga biriktirilgan "Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (1993-yil 3-sentabr, № 938-XII) ijrosi yuzasidan tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov tomonidan Byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi tuman bo'limida o‘rganish olib borildi.

🖇O‘rganish davomida pensiya tayinlash, qayta hisoblash hamda fuqarolarga pensiya to‘lovlarini amalga oshirish jarayonlari amaldagi qonunchilik talablari asosida tashkil etilgani ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, pensiya hujjatlarini rasmiylashtirish, murojaatlarni qabul qilish va ularga belgilangan muddatlarda javob berish tartibi tahlil qilindi.

📖Deputat fuqarolar qabuli jarayoni bilan yaqindan tanishib, mutaxassislar tomonidan murojaatlarning mazmunan o‘rganilishi, huquqiy tushuntirishlar berilishi hamda har bir murojaatni qonuniy va adolatli hal etishga qaratilgan ishlar bilan tanishdi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Slide 1 of 3