35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hudud taraqqiyoti va obod mahalla — xalq manfaatlari yo‘lida!
янв.21
Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq yigirma oltinchi sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
KUTUBXONA FAOLIYATI VA ADABIYOTLAR TA’MINOTI O‘RGANILDI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-405-sonli qaror ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
DEHQON XO‘JALIKLARINI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
“Yangi Oʻzbekiston qiyofasi” — obod mahalla sari muhim qadam
янв.21
TADBIRKORLAR MANFAATI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
Bepul dori vositalari taqsimoti deputatlik nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq yigirma beshinchi sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
BOLALAR DEPUTAT E’TIBOR MARKAZIDA
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHI DEPUTATI RIMA XIDIYATULINA MAHALLADA XOTIN-QIZLAR FAOLLARI FAOLIYATI BILAN TANISHDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Xidiyatulina Rima Rashitovna 8-Lutfiy saylov okrugi hududidagi "1-Qatortol" mahallasida bo‘lib, mahallada faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faollarining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O'rdanish davomida xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, oilalarda sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, ehtiyojmand oilalarni aniqlash hamda ularning muammolarini bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Ayniqsa, nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar bilan olib borilayotgan manzilli ishlar, ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlash, mavjud muammolarini o‘rganish hamda ularga zarur amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha olib borilayotgan faoliyat alohida o‘rganildi.

Deputat mahalla faollari bilan muloqot davomida mavjud muammo va takliflarni tinglab, ularni tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan tavsiyalar berdi hamda mazkur masalalar deputatlik nazoratida bo‘lishini ta’kidladi.

Slide 1 of 1