35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hudud taraqqiyoti va obod mahalla — xalq manfaatlari yo‘lida!
янв.21
Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq yigirma oltinchi sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
KUTUBXONA FAOLIYATI VA ADABIYOTLAR TA’MINOTI O‘RGANILDI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-405-sonli qaror ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
DEHQON XO‘JALIKLARINI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
“Yangi Oʻzbekiston qiyofasi” — obod mahalla sari muhim qadam
янв.21
TADBIRKORLAR MANFAATI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
Bepul dori vositalari taqsimoti deputatlik nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq yigirma beshinchi sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
BOLALAR DEPUTAT E’TIBOR MARKAZIDA
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Umida Fayziyeva II chorak yakunlari bo‘yicha deputat saylovchilar oldida axborot berdi
 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Umida Fayziyeva II chorak yakunlari bo‘yicha deputat saylovchilar oldida axborot berdi

📍Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 15-"Bo‘stonobod" saylov okrugi deputati Umida Fayziyeva tomonidan "Qichqiriq" MFY fuqarolari, mahalla "yettiligi" hamda ijro hokimiyati vakillari ishtirokida 2026-yil II chorak yakunlari bo‘yicha deputatlik faoliyati yuzasidan axborot berish tadbiri o‘tkazildi.

📘 Tadbir davomida deputat tomonidan II chorak mobaynida amalga oshirilgan ishlar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish, "Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari" amaliyoti doirasida olib borilgan faoliyat hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan batafsil axborot berildi.

🔖 Shuningdek, fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan dolzarb masalalar yuzasidan ijro hokimiyati organlari vakillari bilan birgalikda muhokamalar o‘tkazilib, ularning yechimini ta'minlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

📖 Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy Kengash deputatlarining saylovchilar oldida har chorak yakunlari bo‘yicha axborot berish tartibini belgilovchi qarori hamda "Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablari asosida tashkil etildi.

🤝 Bunday ochiq muloqotlar deputatning saylovchilar oldidagi hisobdorligini ta'minlash, ijro hokimiyati organlari bilan hamkorlikni mustahkamlash hamda hududdagi muammolarni o‘z vaqtida va samarali hal etishga xizmat qiladi.

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slide 1 of 7