35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hudud taraqqiyoti va obod mahalla — xalq manfaatlari yo‘lida!
янв.21
Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq yigirma oltinchi sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
KUTUBXONA FAOLIYATI VA ADABIYOTLAR TA’MINOTI O‘RGANILDI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-405-sonli qaror ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
DEHQON XO‘JALIKLARINI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
“Yangi Oʻzbekiston qiyofasi” — obod mahalla sari muhim qadam
янв.21
TADBIRKORLAR MANFAATI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
Bepul dori vositalari taqsimoti deputatlik nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq yigirma beshinchi sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
BOLALAR DEPUTAT E’TIBOR MARKAZIDA
#Deputatlik_nazorati #Qonun_ijrosi #24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun #Deputat_daftari

O‘zbekiston Respublikasining "Ekologik nazorat to‘g‘risida"gi Qonuni ekologik talab va me’yorlarga rioya etilishini ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirishning huquqiy asoslarini belgilaydi.

Mazkur Qonun davlat organlari, jamoatchilik va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ekologik sohadagi mas’uliyatini mustahkamlash, ekologik xavfsizlikni ta’minlash hamda tabiatga yetkazilishi mumkin bo‘lgan salbiy ta’sirlarning oldini olishga xizmat qiladi.

Har bir fuqaro tabiatni asrashga o‘z hissasini qo‘shishi, ekologik talab va qoidalarga rioya qilishi, atrof-muhitga zarar yetkazilishining oldini olishda faol bo‘lishi lozim. Tabiatni asrash – nafaqat bugungi kun, balki kelajak avlod oldidagi mas’uliyatimizdir.

🌱Toza tabiat — sog‘lom hayot kafolati! Tabiatni asrash barchamizning burchimiz.

Bizni kuzatishda davom eting!