35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hudud taraqqiyoti va obod mahalla — xalq manfaatlari yo‘lida!
янв.21
Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq yigirma oltinchi sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
KUTUBXONA FAOLIYATI VA ADABIYOTLAR TA’MINOTI O‘RGANILDI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-405-sonli qaror ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
DEHQON XO‘JALIKLARINI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
“Yangi Oʻzbekiston qiyofasi” — obod mahalla sari muhim qadam
янв.21
TADBIRKORLAR MANFAATI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
Bepul dori vositalari taqsimoti deputatlik nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq yigirma beshinchi sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
BOLALAR DEPUTAT E’TIBOR MARKAZIDA
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tizimli tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Xususan, sessiyada ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan qaror loyihalarining huquqiy jihatdan puxta va amaldagi qonunchilik talablariga to‘liq mos bo‘lishini ta’minlash maqsadida "Madad" nodavlat notijorat tashkiloti huquqshunosi ishtirokida muhokama tashkil etildi.

Muhokama davomida har bir qaror loyihasining huquqiy asoslari, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqligi hamda ularning amaliy ijro mexanizmlari atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, hujjatlarni yanada takomillashtirish yuzasidan mutaxassis tomonidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Qaror loyihalarini malakali huquqshunoslar ishtirokida ko‘rib chiqish ularning qonuniyligi, sifatini oshirish hamda amaliyotda samarali ijrosini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2