35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hudud taraqqiyoti va obod mahalla — xalq manfaatlari yo‘lida!
янв.21
Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq yigirma oltinchi sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-405-sonli qaror ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
KUTUBXONA FAOLIYATI VA ADABIYOTLAR TA’MINOTI O‘RGANILDI
янв.21
DEHQON XO‘JALIKLARINI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
“Yangi Oʻzbekiston qiyofasi” — obod mahalla sari muhim qadam
янв.21
TADBIRKORLAR MANFAATI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
Bepul dori vositalari taqsimoti deputatlik nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq yigirma beshinchi sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
BOLALAR DEPUTAT E’TIBOR MARKAZIDA
#Huquqiy_axborot_soati Deputatlik nazorati – hududlar rivoji va aholi farovonligining muhim omili

Qarorda viloyatda erishilgan ijobiy natijalar bilan bir qatorda, transport, sanoat, eksport, bandlik, investitsiya, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishlarida mavjud kamchiliklar ochiq ko‘rsatib o‘tildi. Ularni bartaraf etish yuzasidan vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar hamda mutasaddi tashkilotlar oldiga aniq vazifalar belgilandi.

Alohida e'tiborga molik jihat shundaki, qaror bilan xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga hududlarni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash hamda kambag‘allikni qisqartirish dasturlari ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish, mas'ul rahbarlarning hisobotlarini Kengash sessiyalarida muntazam eshitish va tanqidiy muhokama qilish tavsiya etildi.

Deputatlik nazorati – bu faqat hisobot tinglash emas, balki davlat dasturlari ijrosini joylarda samarali tashkil etish, muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishini ta'minlashning muhim mexanizmidir.

Kuchli deputatlik nazorati – hududlar taraqqiyoti, aholi bandligi va xalq farovonligining ishonchli kafolatidir.