35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hudud taraqqiyoti va obod mahalla — xalq manfaatlari yo‘lida!
янв.21
Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq yigirma oltinchi sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-405-sonli qaror ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
KUTUBXONA FAOLIYATI VA ADABIYOTLAR TA’MINOTI O‘RGANILDI
янв.21
DEHQON XO‘JALIKLARINI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
“Yangi Oʻzbekiston qiyofasi” — obod mahalla sari muhim qadam
янв.21
TADBIRKORLAR MANFAATI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
Bepul dori vositalari taqsimoti deputatlik nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq yigirma beshinchi sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
BOLALAR DEPUTAT E’TIBOR MARKAZIDA
Deputat saylovchilar oldida axborot berdi.

Xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlari deputatlarining 2026-yil birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berish reja-grafigiga muvofiq, Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi deputati A.Sharipov hamda Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “18-Do‘rmancha” saylov okrugi deputati A.Umurzoqov tomonidan “Do‘rmancha” mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan ochiq muloqot uchrashuvi o‘tkazildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi Kotibiyati mudiri, O‘zLiDeP Bag‘dod tuman Kengashi apparati rahbari, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Bag‘dod tuman Kengashi raisi, shuningdek, tumandagi tegishli tashkilot va korxonalar rahbarlari hamda mahalla faollari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida deputatlar tomonidan 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan batafsil axborot taqdim etildi. Xususan, Xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarida ko‘rib chiqilgan dolzarb masalalar, qabul qilingan qarorlarning mazmun-mohiyati, deputatlik so‘rovlari va ularning ijrosi, saylovchilardan kelib tushgan murojaatlar bilan ishlash natijalari hamda saylov okrugidagi mavjud muammolarni bartaraf etish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, infratuzilmani yaxshilash, obodonlashtirish ishlari hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash yo‘nalishida deputatlar tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar va ularning natijalari keng yoritildi.

Muloqot jarayonida mahalliy Kengashlarning vakolatlari, deputatlarning qonunchilikda belgilangan huquq va majburiyatlari, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi hamda zaruratga ko‘ra davlat organlariga deputatlik so‘rovlarini yuborish mexanizmlari yuzasidan ham batafsil tushuntirishlar berildi.

Uchrashuv yakunida saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularning yechimi yuzasidan tegishli mutasaddilarga vazifalar belgilandi

Slide 1 of 9