35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hudud taraqqiyoti va obod mahalla — xalq manfaatlari yo‘lida!
янв.21
Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq yigirma oltinchi sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
KUTUBXONA FAOLIYATI VA ADABIYOTLAR TA’MINOTI O‘RGANILDI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-405-sonli qaror ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
DEHQON XO‘JALIKLARINI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
“Yangi Oʻzbekiston qiyofasi” — obod mahalla sari muhim qadam
янв.21
TADBIRKORLAR MANFAATI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
Bepul dori vositalari taqsimoti deputatlik nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq yigirma beshinchi sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
BOLALAR DEPUTAT E’TIBOR MARKAZIDA
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi deputati,doimiy komissiya raisi Maxmudova Baxtinisa Zuxriddinovna o‘zi saylangan okrug hududidagi “Gulbog‘” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla xotin-qizlar
faoli tomonidan xotin-qizlar bilan ishlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda ularning yechimlari yuzasidan deputatlik nazorati doirasida o‘rganish olib bordi.O‘rganish davomida “Gulbog‘” MFY xotin-qizlar faoli Z.Rajabboyeva tomonidan mahallada xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning ta’lim olishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot berildi.Ma’lum qilinishicha, 2026-yil holatiga ko‘ra mahallada jami 2 300 nafar xotin-qiz istiqomat qiladi. Shundan 80 nafari “Ayollar daftari”ga kiritilgan, 10 ta ajrim yoqasidagi oila bilan manzilli ishlar olib borilmoqda, 3 ta nizoli oila bilan profilaktik tadbirlar tashkil etilgan, 3 nafar probatsiya nazoratidagi xotin-qiz bilan individual ishlash
yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun 6 nafar xotin-qizga tavsiyanoma berilgan hamda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan 6 nafar xotin-qizga amaliy va huquqiy ko‘mak ko‘rsatilgan. Deputat tomonidan qonun ijrosi hamda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi yuzasidan mas’ulga qator savollar berildi.Xususan, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni doimiy daromad manbaiga ega qilish bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilayotgani, ajrim yoqasidagi oilalar bilan olib borilayotgan profilaktik tadbirlarning natijadorligi, probatsiya nazoratidagi xotin-qizlarning ijtimoiy moslashuvi va bandligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar, shuningdek, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollarni reabilitatsiya qilish hamda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yuzasidan tushuntirishlar olindi.Yakunda aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirilib, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish hamda mazkur yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini yanada oshirish zarurligi ta’kidlandi.
  

Slide 1 of 2