35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hudud taraqqiyoti va obod mahalla — xalq manfaatlari yo‘lida!
янв.21
Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq yigirma oltinchi sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
KUTUBXONA FAOLIYATI VA ADABIYOTLAR TA’MINOTI O‘RGANILDI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-405-sonli qaror ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
DEHQON XO‘JALIKLARINI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
“Yangi Oʻzbekiston qiyofasi” — obod mahalla sari muhim qadam
янв.21
TADBIRKORLAR MANFAATI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
Bepul dori vositalari taqsimoti deputatlik nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq yigirma beshinchi sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
BOLALAR DEPUTAT E’TIBOR MARKAZIDA
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi va deputati Yu.To‘ychiyev tomonidan saylovchilar murojaatlari asosida navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatning "Chorchinor" mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazgan uchrashuvlari hamda joyiga chiqib olib borgan o‘rganishlari davomida fuqarolar tomonidan "Chorchinor" va "Temir yo‘lchi" mahalla fuqarolar yig‘inlari chegaralarini belgilash masalasi yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Murojaatlarda mahalla chegaralari to‘liq belgilanmaganligi sababli ayrim fuqarolar va tadbirkorlar uchun soliq, kredit, subsidiya hamda boshqa davlat xizmatlaridan foydalanishda amaliy muammolar yuzaga kelayotgani qayd etildi.

Mazkur murojaatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq, Qo‘qon shahar hokimining birinchi o‘rinbosari O.Qurbonov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-maydagi 294-son qarori hamda Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining tegishli qarori ijrosi doirasida "Chorchinor" va "Temir yo‘lchi" mahalla fuqarolar yig‘inlari chegaralarini belgilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, ko‘rilayotgan chora-tadbirlar hamda ushbu jarayonni yakunlash muddatlari yuzasidan asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, uning ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar va natijalar haqida jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3