35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hudud taraqqiyoti va obod mahalla — xalq manfaatlari yo‘lida!
янв.21
Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq yigirma oltinchi sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
KUTUBXONA FAOLIYATI VA ADABIYOTLAR TA’MINOTI O‘RGANILDI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-405-sonli qaror ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
DEHQON XO‘JALIKLARINI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
“Yangi Oʻzbekiston qiyofasi” — obod mahalla sari muhim qadam
янв.21
TADBIRKORLAR MANFAATI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
Bepul dori vositalari taqsimoti deputatlik nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq yigirma beshinchi sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
BOLALAR DEPUTAT E’TIBOR MARKAZIDA
#Deputat_axboroti

#Deputat_axboroti

22026-yilning II-choragi yakunlari bo‘yicha deputatlik faoliyati yuzasidan aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a'zosi O‘zbekiston Respublikasining “Давлат ҳокимияти ва бошқаруви органлари фаолиятининг очиқлиги тўғрисида" gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni №O‘RQ-369”gi Qonuni, ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati tartibida aholi bilan uchrashib har bir masala bo‘yicha o‘rganish olib borildi.

Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi 7-Dexqonobod saylov okrugi deputati Yunusov Miraziz Mirag'zamovich tomonidan 2026-yilning II choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan “Dehqonobod” mahallasi aholisiga axborot berish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda mahalla yettiligi a'zolari, mahalla faollari, umumta'lim maktablari direktorlari hamda fuqarolar ishtirok etdi.

Tadbir davomida deputat tomonidan saylovchilar murojaatlarini o‘rganish, hamda doimiy kommisiya o'ziga biriktirilgan qonun ijrosini hududdagi ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash, aholini qiynab kelayotgan muammolarni hal etish, tegishli tashkilotlarga yuborilgan deputatlik so‘rovlari hamda ularning ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma'lumot berildi.

Shuningdek, deputat tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq saylovchilar bilan muntazam muloqot olib borish, ularning manfaatlarini himoya qilish hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar yuzasidan ham axborot taqdim etildi.

Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Slide 1 of 3