35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hudud taraqqiyoti va obod mahalla — xalq manfaatlari yo‘lida!
янв.21
Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq yigirma oltinchi sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-405-sonli qaror ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
KUTUBXONA FAOLIYATI VA ADABIYOTLAR TA’MINOTI O‘RGANILDI
янв.21
DEHQON XO‘JALIKLARINI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
“Yangi Oʻzbekiston qiyofasi” — obod mahalla sari muhim qadam
янв.21
TADBIRKORLAR MANFAATI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
Bepul dori vositalari taqsimoti deputatlik nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq yigirma beshinchi sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
BOLALAR DEPUTAT E’TIBOR MARKAZIDA
MAHALLADA IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI O‘RGANILDI

  O‘rganish davomida ijtimoiy xizmat xodimi tomonidan ehtiyojmand oilalar, keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar, ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati va samaradorligi, murojaatlarni ko‘rib chiqish hamda manzilli yordam ko‘rsatish jarayonlari atroflicha tahlil qilindi. 

🔰 Mazkur o‘rganish jarayoni muhim normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini amalda ta’minlash maqsadida tashkil etildi: 

🟢 PF–116-sonli Farmon: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni; 

🟢O‘RQ-415-sonli Qonun: O‘zbekiston Respublikasiavining 2016-yil 26-dekabrdagi “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi Qonuni. 

Mahalladagi ijtimoiy xodimning ish samaradorligi va uning "mahalla yettiligi" tarkibidagi faolligini yuqoridagi qonun va farmon talablari asosida tahlil qilindi. 

🔰 Xususan: 

 🟢 ijtimoiy xizmatlarning manzilliligi: mahalladagi yolg‘iz keksalar, o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar va nogironligi bor fuqarolarning ro‘yxatlari, ularga ko‘rsatilayotgan kunlik ijtimoiy-maishiy yordamlar holati; 

🟢 muammolarni erta aniqlash: Ijtimoiy xodim tomonidan ehtiyojmand xonadonlarning sharoitlarini "xonadonbay" muntazam o‘rganib borish, ijtimoiy reyestrlar va daftarlar bilan ishlash sifati; 

🟢"Mahalla yettiligi" bilan hamkorlik: PF-116-sonli Farmon talablaridan kelib chiqib, ijtimoiy xodimning mahalla raisi, hokim yordamchisi va xotin-qizlar faoli bilan birgalikda ehtiyojmand oilalarni kambag‘allikdan chiqarish va ularga manzilli moddiy hamda ruhiy ko‘mak berish borasidagi integratsiyasi ko‘rib chiqildi. 

📌 Shuningdek mahallada ijtimoiy xizmatlarni yanada takomillashtirish, fuqarolarning mavjud muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularni hal etishda mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi. 

  👇Bizni kuzatishda davom eting👇 

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 1