35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hudud taraqqiyoti va obod mahalla — xalq manfaatlari yo‘lida!
янв.21
Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq yigirma oltinchi sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
KUTUBXONA FAOLIYATI VA ADABIYOTLAR TA’MINOTI O‘RGANILDI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-405-sonli qaror ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
DEHQON XO‘JALIKLARINI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
“Yangi Oʻzbekiston qiyofasi” — obod mahalla sari muhim qadam
янв.21
TADBIRKORLAR MANFAATI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
Bepul dori vositalari taqsimoti deputatlik nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq yigirma beshinchi sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
BOLALAR DEPUTAT E’TIBOR MARKAZIDA
Zulfiya Mo‘minova 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Zulfiya Mo‘minova 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Zulfiya Mo‘minova 42–“Navqiron” saylov okrugida joylashgan “Navqiron” hamda “Yangi turmush” mahallalarida saylovchilar bilan uchrashib, 2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi. Unda mahalla raislari, faollar, yoshlar hamda saylovchilar ishtirok etdi.

📝 Deputat o‘z axborotida hisobot davrida aholi bilan muntazam muloqot olib borilganini ta’kidlab, qabulxonada 11 marotaba, mahallalarda esa 4 marotaba sayyor qabullar tashkil etilganini ma’lum qildi. Ushbu uchrashuvlar davomida fuqarolar murojaatlari o‘rganilib, ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rildi. Shuningdek, deputat tomonidan ta’lim muassasalarida “Deputat va yoshlar” uchrashuvlari o‘tkazilib, yoshlar bilan ochiq muloqot yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi.

🔎 Axborotda hudud infratuzilmasini yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlar ham alohida ta’kidlandi. Xususan, Qipchoq ko‘chasining “Kichik halqa yo‘li”ga tutash qismida piyodalar yo‘laklarini qurish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilgani, natijada ushbu loyiha uchun mablag‘ ajratilib, qurilish ishlarini boshlash belgilab olingani ma’lum qilindi.

📁 Deputat, shuningdek, hisobot davrida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining sessiyalarida hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha doimiy komissiyalar yig‘ilishlarida faol ishtirok etib, hududlarni rivojlantirish, ijtimoiy masalalarni hal etish va fuqarolar murojaatlarini tizimli ko‘rib chiqish yuzasidan o‘z takliflarini ilgari surganini qayd etdi.

💡 Bundan tashqari, deputat tomonidan ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda faol ishtirok etilib, 3 oy davomida 18 marotaba chiqishlar amalga oshirilgani, unda dolzarb ijtimoiy mavzular keng yoritilgani ta’kidlandi.

🗣 Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar yuzasidan tegishli tartibda ishlar tashkil etilishi, ularning ijrosi ustidan deputatlik nazorati o‘rnatilishi bildirildi.

📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari) 🔎 E-kengash (https://kengash.gov.uz/news?region_id=14&authority_id=424)

Slide 1 of 8