Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR UCHUN YANGI IMKONIYAT — ZAMONAVIY ISSIQXONA!
янв.21
Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi Bugun, 2026-yil 10-aprel kuni soat 14:00 da, Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashining VII-chaqiriq yigirma uchinchi sessiyasi tuman hokimligining majlislar zalida bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qashqadaryo viloyati xalq deputatlari tuman (shahar)lar Kengashlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida o‘zaro tajriba almashish yuzasidan Shahrisabz shahar Kengashi deputatlari hamda kotibiyat xodimlari Ko‘kdala tumanida bo‘lishdi.
янв.21
Халқ депутатлари Кўкдала туман Кенгашининг навбатдаги  VII-чақириқ йигирма иккинчи сессияси бугун 2026-йил 16-марть куни соат 14:00 да туман ҳокимлигининг мажлислар залида бўлиб ўтди.
янв.21
"Yashil makon umumilliy loyihasi "ning bahorgi mavsumida daraxt kuchatlarini ekish yuzasidan qushma yig'ilish bo'lib o'tdi.
янв.21
Туман Кенгаши депутати А.Худаёров томонидан Чорвадор ҳудуди Қанотли МФЙ аҳолисини ўрганди.
янв.21
Халқ депутатлари Туман Кенгаши 25-сайлов округи депутати А.Худаёров Чорводор МФЙ ҳудудидаги оғзикенг қишлоғда, қишлоқ ички йўлларини ўз ташаббуси ва ҳашар йўли билан  таъмирлаш ишларини олиб бормоқдалар.
янв.21
Xалқ депутатлари Кўкдала туман Кенгашининг навбатдаги VII-чақириқ йигирма биринчи сессияси бугун 2026-йил 20-февраль куни соат 14:00 да туман ҳокимлигининг мажлислар залида бўлиб ўтди.
янв.21
Халқ депутатлари Кўкдала туман Кенгашининг навбатдаги VII-чақириқ йигирманчи сессияси бугун 2026-йил 10-февраль куни соат 14:00 да туман ҳокимлигининг мажлислар залида бўлиб ўтди.
янв.21
Mashhur Chiyal bozori yangi qiyofa kasb etadi.
Hududlarda aholi farovonligini ta’minlash va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish maqsadida qaysi ustuvor yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratish zarur

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari hududlarda davlat siyosatini amalga oshirish, aholi manfaatlarini ifoda etish
hamda joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni aniqlab, ularning yechimiga ko‘maklashishda muhim o‘rin tutadi. Deputatlik faoliyatining samaradorligi hududdagi mavjud holatni chuqur o‘rganish, fuqarolar bilan muntazam muloqot
olib borish hamda tegishli davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda tizimli ishlarni tashkil etish orqali ta’minlanadi. Shu jihatdan deputat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari qatorida mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimi, ularning bandligini ta’minlash va ijtimoiy faolligini oshirish masalalari alohida ahamiyat kasb etadi.

Mahalladagi yoshlar yetakchilari tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligini o‘rganish, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlarni
qo‘llab-quvvatlash orqali yoshlar o‘rtasida ishsizlik darajasini kamaytirish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ularning jamiyat hayotidagi faolligini oshirishga erishiladi. Shu bilan birga, hududda aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasi holatini o‘rganish, shifokorlar faoliyati samaradorligini
tahlil qilish hamda bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash jarayonining shaffofligini nazorat qilish orqali aholi salomatligini mustahkamlash, profilaktika tadbirlarini kuchaytirish hamda tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini
kengaytirish muhim vazifalardan hisoblanadi.
 

Mahallalarda sport infratuzilmasini rivojlantirish, aholi ayniqsa yoshlar uchun sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga xizmat
qiladigan sharoitlarni yaratish ham deputatlar e’tiborida bo‘lishi zarur.

Umumta’lim maktablari, kollejlar va akademik litseylarning sport zallari, sport maydonchalari hamda ulardagi sport anjomlari bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rganish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga takliflar kiritish orqali aholining sport bilan shug‘ullanishi uchun yanada qulay imkoniyatlar yaratiladi. Hududlarda kambag‘allikni
qisqartirish, aholi daromadlarini oshirish ham deputatlar faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Xususan, hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini o‘rganish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda aholini daromadli mehnat bilan ta’minlashga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash orqali hudud
iqtisodiy faolligini oshirish mumkin. Mahallalardagi ijtimoiy xodimlar faoliyatini o‘rganish, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini tahlil qilish, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda ularni o‘z vaqtida yetkazish tizimini takomillashtirish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa ijtimoiy himoya tizimining manzilliligi va shaffofligini ta’minlashga xizmat qiladi.
 

Mahalla xotin-qizlar faollari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganish, xotin-qizlarning bandligini
ta’minlash, ularni kasb-hunar o‘rganish va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, oilalarda ijtimoiy muammolarni hal etish hamda xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirish ham deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, mahallalarda faoliyat yuritayotgan soliq inspektorlari tomonidan ularga yuklatilgan vazifalarning ijrosini o‘rganish, tadbirkorlik
subyektlari bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda soliqlarni undirish tizimining shaffofligini ta’minlash orqali hudud iqtisodiyotini rivojlantirishga ko‘maklashish mumkin. Hudud infratuzilmasini rivojlantirish masalalari ham deputatlar faoliyatida muhim o‘rin tutadi. Mahalla ichki ko‘cha yo‘llarining holatini o‘rganish, ko‘chalarning tungi yoritilishi, avtomobil
yo‘llaridagi tirbandliklar hamda yo‘l-transport hodisalari ko‘p sodir bo‘layotgan hududlarda ularni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish orqali fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va transport infratuzilmasi sifatini yaxshilash mumkin.
 

Aholi turmush darajasini oshirishda kommunal xizmatlar sifatining muhim o‘rni mavjud. Shu sababli ko‘p qavatli uylarda liftlarning ishlashi, boshqaruv kompaniyalari faoliyatining samaradorligi, ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari va yerto‘lalari holati, ularning tozaligi va yoritilishi, shuningdek, uylarda issiq va sovuq suv, elektr energiyasi hamda tabiiy gaz bilan ta’minlash masalalarini o‘rganish doimiy nazoratni talab etadi. Bundan tashqari, bozorlarda aholi iste’moli uchun zarur bo‘lgan asosiy
oziq-ovqat mahsulotlari narx-navosini o‘rganish, mahsulotlarning yetarliligini ta’minlash, kuz-qish mavsumida isitish tizimining barqaror ishlashini nazorat qilish orqali aholi turmush sharoitini yaxshilashga erishiladi. Hududlarni obodonlashtirish ishlari ham muhim yo‘nalishlardan biri bo‘lib, parklar, xiyobonlar va bog‘larning holatini yaxshilash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib
chiqish tizimini yo‘lga qo‘yish orqali hududlarning sanitariya va ekologik holatini yaxshilash mumkin. Shu bilan birga, jamoat transportining muntazam harakatlanishi, avtobus bekatlarining holati hamda chiptalarni olish tizimining qulayligini ta’minlash orqali aholiga transport xizmatlarini ko‘rsatish sifati oshiriladi.
 

Nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi, hududdagi madaniyat muassasalari, muzeylar va kutubxonalar faoliyatini rivojlantirish, davlat xizmatlari markazlari hamda FHDYo organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifatini o‘rganish ham deputatlar tomonidan amalga oshiriladigan muhim nazorat yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Shuningdek, hududlarda jinoyatchilikka qarshi kurashish, ayniqsa jinoyatchilik darajasi yuqori bo‘lgan hududlarda
profilaktika ishlarini kuchaytirish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash zarur. Hududga investitsiyalar jalb qilish, yangi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish loyihalarini amalga oshirish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda aholi bandligini ta’minlash ham muhim vazifalardan biridir. Eng muhimi, navbatdagi sessiyalarga
kiritiladigan masalalarni deputatlar tomonidan joyiga chiqib o‘rganish, mavjud muammolarni chuqur tahlil qilish va aniq taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqish orqali qabul qilinayotgan qarorlarning samaradorligini oshirish mumkin. Umuman
olganda, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining faoliyati hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi.


Zomin tuman Kengashi kotibiyat mudiri
M.G'oibnazarov