Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR BANDLIGI VA MAZMUNLI HAYOT TARZI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
BOZORLARDAGI NARX-NAVO VA MAHSULOTLAR YETARLILIGI — DEPUTAT NAZORATIDA.
янв.21
Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq yigirma to'rtinchi sessiyasi bugun 2026-yil 15-may kuni soat 14:00 da tuman hokimligining majlislar zalida bo'lib o'tdi.
янв.21
YOSHLAR UCHUN YANGI IMKONIYAT — ZAMONAVIY ISSIQXONA!
янв.21
Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi Bugun, 2026-yil 10-aprel kuni soat 14:00 da, Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashining VII-chaqiriq yigirma uchinchi sessiyasi tuman hokimligining majlislar zalida bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qashqadaryo viloyati xalq deputatlari tuman (shahar)lar Kengashlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida o‘zaro tajriba almashish yuzasidan Shahrisabz shahar Kengashi deputatlari hamda kotibiyat xodimlari Ko‘kdala tumanida bo‘lishdi.
янв.21
Халқ депутатлари Кўкдала туман Кенгашининг навбатдаги  VII-чақириқ йигирма иккинчи сессияси бугун 2026-йил 16-марть куни соат 14:00 да туман ҳокимлигининг мажлислар залида бўлиб ўтди.
янв.21
"Yashil makon umumilliy loyihasi "ning bahorgi mavsumida daraxt kuchatlarini ekish yuzasidan qushma yig'ilish bo'lib o'tdi.
янв.21
Туман Кенгаши депутати А.Худаёров томонидан Чорвадор ҳудуди Қанотли МФЙ аҳолисини ўрганди.
янв.21
Халқ депутатлари Туман Кенгаши 25-сайлов округи депутати А.Худаёров Чорводор МФЙ ҳудудидаги оғзикенг қишлоғда, қишлоқ ички йўлларини ўз ташаббуси ва ҳашар йўли билан  таъмирлаш ишларини олиб бормоқдалар.
🔷 Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputatlarining fevral oyida amalga oshirgan ishlari

Fevral oyi davomida Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputatlari tomonidan saylov okruglarida aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, kelib tushgan murojaatlar tizimli ravishda o‘rganildi hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan aniq choralar ko‘rildi.

Jumladan, “O‘zbekiston” mahallasi hududidagi Bobir, Quruvchi hamda Murod Jo‘rayev ko‘chalarini ta’mirlash masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarilib, tuman hokimligi tomonidan mazkur ko‘chalar 2026-yilga mo‘ljallangan dastur asosida bosqichma-bosqich ta’mirlanishi ma’lum qilindi.

Azamat mahallasida suyultirilgan gaz ta’minoti bilan bog‘liq muammo ham deputatlik nazoratiga olinib, tegishli tashkilotlar tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi va aholiga belgilangan tartibda gaz yetkazib berilishi ta’minlandi.

“Yangi ravot” va “Hazarbobo” mahallalarini bog‘lovchi yo‘lning ta’mirtalab qismi yuzasidan deputat so‘rovi chiqarilib, qisqa muddat ichida yo‘l holati o‘rganildi hamda avtomobillar harakatini ta’minlash maqsadida avtogreyder yordamida tekislash ishlari amalga oshirildi.

Qo‘chqor Qarshiyev mahallasidagi ayrim ko‘chalarda tabiiy gaz tarmoqlarida yuzaga kelgan sizib chiqish holatlari bartaraf etilib, aholining xavfsizligi ta’minlandi.

Qoraqo‘yli MFY hududida yangi qurilgan ko‘p qavatli uylar uchun maishiy chiqindilarni tashlashga mo‘ljallangan maxsus joy mavjud emasligi aniqlanib, tegishli bo‘limlarga takliflar kiritildi hamda hududga chiqindi konteyneri o‘rnatildi.

Mohpar mahallasida ko‘chmas mulk huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish masalasida murojaat qilgan fuqarolarga amaldagi qonunchilik talablari asosida huquqiy tushuntirishlar berilib, hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi yuzasidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Shuningdek, ayrim mahallalarda tabiiy va suyultirilgan gaz iste’molchilariga gazdan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanish bo‘yicha targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borildi.

Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida ham amaliy ishlar olib borilib, tadbirkor ayolga o‘z faoliyatini kengaytirish maqsadida tijorat bankidan kredit mablag‘larini olishda yordam ko‘rsatildi. Natijada zarur tikuv dastgohlari xarid qilinib, ish o‘rinlari yaratish imkoniyati kengaydi.

Deputatlar tomonidan hududlarda aniqlangan muammolarni bartaraf etish, aholi manfaatlarini himoya qilish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga hissa qo‘shish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. 

Slide 1 of 1