35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hudud taraqqiyoti va obod mahalla — xalq manfaatlari yo‘lida!
янв.21
Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq yigirma oltinchi sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
KUTUBXONA FAOLIYATI VA ADABIYOTLAR TA’MINOTI O‘RGANILDI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-405-sonli qaror ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
DEHQON XO‘JALIKLARINI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
“Yangi Oʻzbekiston qiyofasi” — obod mahalla sari muhim qadam
янв.21
TADBIRKORLAR MANFAATI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
Bepul dori vositalari taqsimoti deputatlik nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq yigirma beshinchi sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
BOLALAR DEPUTAT E’TIBOR MARKAZIDA
Iqtidorli yoshlar bilan ochiq suhbat tashkil etildi

🔹Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasi hamda mart oyi uchun media rejasiga muvofiq Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputatlari A.Mannobov, J.Sadirov, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tuman kengashi raisi Y.Xolmurotov, kotibiyat xodimi M.Tursunbayeva tomonlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentyabrdagi PQ-346-son qaroriga asosan tumanda iqtidorli yoshlarni aniqlash, saralash va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Bo‘stonliq tumani ixtisoslashtirilgan maktabining yuqori sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🔹Tadbirda ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodning ilm egallashga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini yanada yuksaltirish uchun iqtidorli yoshlarni aniqlash, xalqaro va respublika miqyosida maktab fanlari bo‘yicha o‘tkaziladigan olimpiada, musobaqa va tanlovlarga tayyorgarlik ko‘rish, yoshlarning qiziqishlari, tashabbuslari haqida ochiq suhbat tashkil etildi.

Slide 1 of 4