35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Kogon tuman Kengashi kotibiyati mudori, deputat A.Bozorov tuman Axborot-resurs markazi (ARM) faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Kogon tuman Kengashi deputati Karimova Gulmera Bekjonovnaning bir kunlik faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Kogon tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi faoliyati to‘g‘risida
янв.21
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi: jamoatchilik bilan hamfikrlikda taraqqiyot sari
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KOGON TUMAN KENGASHI KOTIBIYATI HAMDA TUMAN KENGASHI DEPUTATLARINING 2025-YIL NOYABR OYIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLARNING INFOGRAFIKASI
янв.21
Kogon tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida deputatlar faol ishtirok etishmoqda!
янв.21
Kogon tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari izchil davom etmoqda!
янв.21
"Tazyiq va zo’ravonliklarsiz sog’lom jamiyat sari” Shiori ostida “Qonun ustuvor – jazo muqarrar” mavzusida, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Kogon tuman Kengashi deputati Karimova Gulmira Bekjonovna aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Tazyiq va zo‘ravonlik - o‘z ko‘lamiga ko‘ra global muammo. U turmush darajasi va demokratizatsiya formatidan qat’iy nazar, dunyoning barcha mamlakatlarida kuzatiladi. Ayollardan nafratlanuvchi erkaklarni faqat qashshoq yoki badavlat, oliy ma’lumotli yoki ma’lumoti yo‘q, yevropalik yo osiyolik deb ajratib bo‘lmaydi. Bundaylarning alohida bir millati yo e’tiqodi bo‘lmaydi. Uchrashuv davomida muammolarga yechim topishga harakat qilindi va bildirilgan taklif va mulohazalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Kogon tuman Cho‘kati arig‘i ham zamon talabiga moslashtirildi
Xalq deputatlari Xiva shahar Kengashi

Xalq deputatlari Xiva shahar Kengashi deputatlari shahar aholisining farovon hayotini ta’minlash va atrof-muhitni yanada obod qilish maqsadida PF-18 Farmoni ijrosini samarali tashkil etishga katta hissa qo‘shmoqda. Ushbu ezgu tashabbus doirasida deputatlar xalq bilan hamjihatlikda keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlarini amalga oshirib, shahar ko‘chalari, xiyobonlari va jamoat joylarini yanada go‘zal va ozoda qilishga o‘z mehnatlarini bag‘ishlamoqda.

Fuqarolar bilan yelkadosh bo‘lib, fidokorona mehnat qilayotgan deputatlarimizning sa’y-harakatlari natijasida Xiva shahri yanada yasharib, obod va fayzli maskanga aylanmoqda. Bu ishlar shahar aholisi va mehmonlari uchun qulay shart-sharoit yaratib, ularning hayot sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Obodlik va farovonlik sari olib borilayotgan bunday ezgu tashabbuslarning bardavom bo‘lishini tilab, ushbu xayrli ishga o‘z hissasini qo‘shayotgan barchaga chuqur minnatdorlik bildiramiz!

Xiva shahrining zamonaviy qiyofasini shakllantirish va aholi bilan hamjixatlikda qulay sharoitlar yaratish yo‘lidagi sa’y-harakatlar davom etmoqda.📣

Ishtirok etganlardan: Mahalliy budjet tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy isloxotlar masalalar bo'yicha doimiy komissiyasi raisi R.Erniyazov va a'zolari ,N.Xasanov, R.Karimov, S.Ruzmetovalar

Ijtimoiy soxa yoshlar siyosati madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiyasi raisi Z.Abdullayeva va a'zolari I.Ibadullayev, S.Nurjannova, J.Salayevlar

Agrar suv xo'jaligi va ekologiya masalalari bo'yicha doimiy komissiyasi raisi X.Xudayberganov va a'zolari Sh.Ravshanbekov

Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo'yichcha doimiy komissiyasi a'zolari P.Matkarimov, M.Maxmudovlar

Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Sh.Allaberganova va a’zolaridan S.Aliqulova 

Bajardi:Sultonnazirov Sherzodbek. 

Slide 1 of 16