35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Kogon tuman Kengashi kotibiyati mudori, deputat A.Bozorov tuman Axborot-resurs markazi (ARM) faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Kogon tuman Kengashi deputati Karimova Gulmera Bekjonovnaning bir kunlik faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Kogon tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi faoliyati to‘g‘risida
янв.21
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi: jamoatchilik bilan hamfikrlikda taraqqiyot sari
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KOGON TUMAN KENGASHI KOTIBIYATI HAMDA TUMAN KENGASHI DEPUTATLARINING 2025-YIL NOYABR OYIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLARNING INFOGRAFIKASI
янв.21
Kogon tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida deputatlar faol ishtirok etishmoqda!
янв.21
Kogon tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari izchil davom etmoqda!
янв.21
"Tazyiq va zo’ravonliklarsiz sog’lom jamiyat sari” Shiori ostida “Qonun ustuvor – jazo muqarrar” mavzusida, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Kogon tuman Kengashi deputati Karimova Gulmira Bekjonovna aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Tazyiq va zo‘ravonlik - o‘z ko‘lamiga ko‘ra global muammo. U turmush darajasi va demokratizatsiya formatidan qat’iy nazar, dunyoning barcha mamlakatlarida kuzatiladi. Ayollardan nafratlanuvchi erkaklarni faqat qashshoq yoki badavlat, oliy ma’lumotli yoki ma’lumoti yo‘q, yevropalik yo osiyolik deb ajratib bo‘lmaydi. Bundaylarning alohida bir millati yo e’tiqodi bo‘lmaydi. Uchrashuv davomida muammolarga yechim topishga harakat qilindi va bildirilgan taklif va mulohazalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Kogon tuman Cho‘kati arig‘i ham zamon talabiga moslashtirildi
DOIMIY KOMISSIYA YIGʻILISHIDA USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI.

Yigʻilishda Vobkent tumani “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi vakillari, tuman melioratsiya boʻlimi uchastka boshligʻi S.Ziyodullayev, tuman hokimligi masul apparati vakillari ishtirok etishdi. Yigʻilish kun tartibida Vobkent tumanida 2025-yilgi vegetatsiya mavsumida qishloq xoʻjaligi ekinlari mahsulotlari yetishtiruvchilarning suv olish limitlarini koʻrib chiqish toʻgʻrisida, Vobkent tumanida 2025-yilda melioratsiya obyektlarini tizimli taʼmirlash-tiklash boʻyicha amalga oshiriladigan ustuvor loyihalar roʻyxati toʻgʻrisida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-sonli “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini Vobkent tumanida taʼminlash haqidagi masalalar koʻrildi.

Taʼkidlandiki, soʻnggi uch yil davomida qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishga alohida eʼtibor qaratilib, suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish orqali aholi ongida shakllangan “suv — tekin” tushunchasidan voz kechish hamda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini kengaytirilgan tartibda joriy etishni davom ettirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqajcrish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori qabul qilingan. Mazkur qarorning 7-bandiga muvofiq 2024-yildan boshlab:

- har yili 1-aprelga qadar vegetatsiya davri uchun va 1-oktyabrga qadar kuz-qish davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini hududlar boʻyicha tasdiqlangan limit doirasida ishlab chiqib, tasdiqlash uchun xalq deputatlari tuman Kengashlariga kiritishi;

- isteʼmol qilingan suv miqdori hisobini yuritmagan (yuritishdan bosh tortgan) qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari uchun suv soligʻi bazasi xalq deputatlari tuman Kengashlari tomonidan tasdiqlangan limitlarga nisbatan ikki barobar oshirilgan holda hisoblanishi boʻyicha tuman Kengashi sessiya muhokamasiga kiritilishi belgilangan.

Tumanida 2025-yil vegetatsiya mavsumida suv resurslaridan oqilona foydalanish, sugʻorish tarmoqlarida suv yoʻqotilishini kamaytirish, isteʼmolchilarga yetkazib beriladigan suv resurslarini cheklangan suv miqdorlarini inobatga olgan holda qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetishtiruvchilarning suv olish limitlarini tasdiqlash maqsadga muvofiq boʻlmoqda.

Shuningdek, tumanda joriy yil davomida jami 145,5 mln.m3, shu jumladan, dehqon xoʻjaliklari va aholi tomorqa yerlariga 3,3 mln.m3, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar (suv isteʼmolchilar)ga 112,4 mln.m3 suv resurslari ajratilishi kutilmoqda.

2025-yil davlat dasturi asosida “Vobkent tumanidagi “Xalach” va “Xargoʻsh” xoʻjaliklararo kollektorlarini tizimli taʼmirlash-tiklash” loyihasi doirasida 44,0 km uzunlikdagi ochiq kollektor tarmoqlarini taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4801-sonli qarorining 7-bandida har bir loyihaning amalga oshirilishi holati tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhlari tomonidan nazorat qilib borilishi koʻrsatilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-sonli “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini Vobkent tumanida taʼminlash yuzasidan fikr mulohazar bildirildi.

Yigʻilishda koʻrilgan masalalar yuzasidan tegishli doimiy komissiya qarorlari qabul qilindi. Mazkur masalalar navbatdagi tuman Kengashi sessiyasida koʻrilishi belgilangan. 

Slide 1 of 6