35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📍 CHOLOKI MFYDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Kogon tuman Kengashi kotibiyati mudori, deputat A.Bozorov tuman Axborot-resurs markazi (ARM) faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Kogon tuman Kengashi deputati Karimova Gulmera Bekjonovnaning bir kunlik faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Kogon tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi faoliyati to‘g‘risida
янв.21
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi: jamoatchilik bilan hamfikrlikda taraqqiyot sari
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KOGON TUMAN KENGASHI KOTIBIYATI HAMDA TUMAN KENGASHI DEPUTATLARINING 2025-YIL NOYABR OYIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLARNING INFOGRAFIKASI
янв.21
Kogon tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida deputatlar faol ishtirok etishmoqda!
янв.21
Kogon tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari izchil davom etmoqda!
янв.21
"Tazyiq va zo’ravonliklarsiz sog’lom jamiyat sari” Shiori ostida “Qonun ustuvor – jazo muqarrar” mavzusida, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Kogon tuman Kengashi deputati Karimova Gulmira Bekjonovna aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Tazyiq va zo‘ravonlik - o‘z ko‘lamiga ko‘ra global muammo. U turmush darajasi va demokratizatsiya formatidan qat’iy nazar, dunyoning barcha mamlakatlarida kuzatiladi. Ayollardan nafratlanuvchi erkaklarni faqat qashshoq yoki badavlat, oliy ma’lumotli yoki ma’lumoti yo‘q, yevropalik yo osiyolik deb ajratib bo‘lmaydi. Bundaylarning alohida bir millati yo e’tiqodi bo‘lmaydi. Uchrashuv davomida muammolarga yechim topishga harakat qilindi va bildirilgan taklif va mulohazalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat nazorati
DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI:

DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI: 

Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi ”ning navbatdagi yig'ilishi boʻlib o'tdi. 

Yig'ilish kun tartibiga 5 ta masala kiritilgan bo'lib, bular:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-dekabrdagi “Surxondaryo viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-438-sonli qarorining tumandagi ijrosi bo'yicha tuman hokimoning birinchi o'rinbosari R.Xamrayevning hisoboti to‘g‘risida. 

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi “2025-yilda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-12-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashining 2025 yil 1 fevraldagi VII-5-14-8-0-K/25-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan 2025 yilda Jarqo‘rg‘on tumanida yaratiladigan yangi ish o‘rinlari, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari, pragnoz ko‘rsatkichlarini tasdiqlash yuzasidan tuman hokimining birinchi o'rinbosari R.Xamrayevning hisoboti to‘g‘risida.

3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi “Shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda ichki xo‘jalik yo‘llari infratuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” gi 665-sonli qarorining tumandagi ijrosini ta'minlash maqsadida tuman hokimining kapital qurilish kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.Shokirovning hisoboti haqida.

4. Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashining 2025-yil 1-fevraldagi VII-5-19-8-112-K/25 sonli qaroriga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish hamda tuman Soliq inspeksiyasining 2025 yil 22 yanvardagi 14-00740 sonli xatiga asosan tumanda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi va noruda qurilish materiallariga qattiy stavka koefitsentlarni tasdiqlash haqida.

5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-noyabridagi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari moliyaviy holatini barqarorlashtirish to‘g‘risida”gi 794-sonli qarori asosida Jarqo‘rg‘on tumanida uy-joylar uchun jalb qilingan kreditlar hamda foizlarini so‘ndirish foiz to‘lovlarini muzlatish bo'yicha "Biznesni rivojlantirish banki" ATB Jarqo'rg'on bank xizmatlari ofisi rahbari , ATB "Mikrokreditbank" tuman filiali rahbarlarining hisbotlarini deputatlar muhokamasiga qo'yildi, doimiy komissiya raisi hamda a’zolari tomonidan kun tartbidagi masalalar yuzasidan savol va takliflar bildirilib, navbatdagi sessiya kun tartibiga tasdiqlash va muhokama qilish uchun kiritildi.

✍️Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashi 

Slide 1 of 1