Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi: jamoatchilik bilan hamfikrlikda taraqqiyot sari
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KOGON TUMAN KENGASHI KOTIBIYATI HAMDA TUMAN KENGASHI DEPUTATLARINING 2025-YIL NOYABR OYIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLARNING INFOGRAFIKASI
янв.21
Kogon tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida deputatlar faol ishtirok etishmoqda!
янв.21
Kogon tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari izchil davom etmoqda!
янв.21
"Tazyiq va zo’ravonliklarsiz sog’lom jamiyat sari” Shiori ostida “Qonun ustuvor – jazo muqarrar” mavzusida, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Kogon tuman Kengashi deputati Karimova Gulmira Bekjonovna aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Tazyiq va zo‘ravonlik - o‘z ko‘lamiga ko‘ra global muammo. U turmush darajasi va demokratizatsiya formatidan qat’iy nazar, dunyoning barcha mamlakatlarida kuzatiladi. Ayollardan nafratlanuvchi erkaklarni faqat qashshoq yoki badavlat, oliy ma’lumotli yoki ma’lumoti yo‘q, yevropalik yo osiyolik deb ajratib bo‘lmaydi. Bundaylarning alohida bir millati yo e’tiqodi bo‘lmaydi. Uchrashuv davomida muammolarga yechim topishga harakat qilindi va bildirilgan taklif va mulohazalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Kogon tuman Cho‘kati arig‘i ham zamon talabiga moslashtirildi
янв.21
2025 yil 10-aprel kuni O‘ba cho‘li mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 2-son o‘rta maktabida mahalla faollari va aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
✏️DEPUTAT HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
#Deputat saylovchilari oldida axborot berdi. Xalq deputatlari kengashi Kogon tuman deputati Ro'ziyev Askar O'tkirovich 2025-yilning birinchi choragi davomida o‘z saylov okruugida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi. Yig'ilishda mahalla faollari mahalla ko'cha boshilari hamda hudud aholisi ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida saylovchilar hududdagi muammolar yuzasidan o‘z taklif - mulohazalarini bildirdilar. Deputat mahalla bilan hamkorligida ichki imkoniyatlardan kelib, chiqib ijtimoiy muammolarni yechimi yuzasidan chora-tadbirlar belgilashga hamda deputat so‘rovlari chiqarishga kelishib olindi
Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi.

 Sessiya ishida dastlab Vobkent tumanida 2023-2024-yillarda fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqiruv tadbirlari yakunlari toʻgʻrisida tuman mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻining hisoboti tinglandi. 

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi “Chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 291-sonli qarori asosida 2022-yilning 10-avgust kunidan boshlab, 2023-yilning 10-fevral kuniga qadar tumandagi 18 yoshdan 27 yoshgacha boʻlgan jami 350 nafar chaqiriluvchilar tanlovga jalb qilindi. 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi PQ-4630-sonli hamda 2023-yil 7-fevraldagi PQ-47-sonli qarorlari bilan tashkillashtirilgan tuman (viloyat) mudofaa ishlari boʻlimlarida (viloyat chaqiruv punktlari) hududiy (rahbariyat) tibbiy komissiya aʼzolari mutaxassis shifokorlar tomonidan chaqiriluvchilarni tibbiy tekshiruvdan oʻtkazilib, ularning sogʻlik darajasi aniqlandi va salomatligiga koʻra muddatli harbiy xizmatga yaroqli deb topilgan 120 nafar chaqiriluvchi 2023-yil 9-mart kunidan 10-aprel kunlari oraligʻida muddatli harbiy xizmatlarga belgilangan tartibda yuborildi. Jumladan: 

- DXX Chegara qoʻshinlariga 26 nafar; 

- Milliy gvardiyaga 26 nafar; 

- Favqulotda vaziyatlar vazirligiga 7 nafar; 

-Ichki ishlar vazirligi tizimidagi qoʻshinlariga 8 nafar; 

- Mudofaa vazirligiga 53 nafar joʻnatilgan. 

Vobkent tumanida hisobot davrida 44 ta mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi jami 145849 nafar aholiga sifatli va xavfsiz transport xizmatini koʻrsatish boʻyicha 3 ta yuridik korxonalar tomonidan 17 ta yoʻnalish mavjud boʻlib, bugungi kunda 9 ta yoʻnalishli taksilar yoʻlovchilar uchun faoliyat olib bormoqda. 

Shundan, 1 ta shaharlararo avtobus yoʻnalishi, 7 ta tuman markazi atrofida yoʻnalishi va 1 ta tuman markazini Buxoro shahar markazi bilan bogʻlovchi taksi yunalishi mavjud. Ushbu yoʻnalishlarda 1 ta avtobus, 71 ta “Damas” rusumli transport vositalari qatnovlarni yoʻlga qoʻyilgan. Shu bilan birgalikda tumanda 2021-yilda “Vobkent avtoshoxbekati” majmuasi kurib foydalanishga topshirilganidan soʻng 1-sonli “Tuman markazi aylanma xarakati” yoʻnalishli taksi yoʻnalishi sinov asosida tashkil etilib, xozirda yoʻlovchilar uchun sifatli avtotransport xizmati koʻrsatib kelmoqda. 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 07-iyuldagi “Avtotransport vositalarini boshqarishda va yoʻnalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishda qoʻshimcha qulayliklar yaratish toʻgʻrisida”gi PQ-311-sonli qarori yuzasidan tumanda bugungi kunda 720 tadan ortiq transport vositalariga oʻzini-oʻzi band qilish orqali litsenziya varaqasi rasmiylashtirib berildi. 

Vobkent tumanida “Mening yoʻlim” loyihasining 2023-yil uchun fuqarolar tomonidan jami 50 ta loyihalar bildirilgan boʻlib, ushbu loyihalarga 72 mingdan ortiq ovozlar toʻplangan, natijada ushbu ovoz berish jarayonlari yakunlari boʻyicha “Openbudget.uz” portali orqali dasturda 3 ta loyiha gʻolib deb topilgan. 

2023-yilning aprel oyida tuman aholisidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonasiga tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalarida jami 56 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, ushbu murojaatlarning 16 tasi oʻrganish jarayonida, 15 ta murojaat ijobiy hal qilingan, 9 ta murojaatga huquqiy tushuntirish berish orqali qanoatlantirilgan, 12 ta murojaatga esa tushuntirishlar berilgan, 3 ta murojaat tugatilgan, 1 ta murojaat rad etilgan. 

Joriy yilning aprel oyida tuman aholisidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonasiga tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalarida kelib tushgan murojaatlarni sektorlar kesimida tahlil qilganda 1-sektor hududidan 18 ta, 2-sektor hududidan 11 ta, 3-sektor hududidan 15 ta va 4-sektor hududidan 12 ta murojaatlar yoʻllangan boʻlib, murojaatlarning ijobiy hal qilish darajasi sektorlar kesimida tahlil qilinganda 1-sektorda murojaatlarning 7 tasi oʻrganish jarayonida boʻlib, 4 ta murojaat yoki 36,4 foizi, 2-sektorda murojaatlarning 1 tasi oʻrganish jarayonida boʻlib, 4 ta murojaat yoki 40 foizi, 3-sektorda murojaatlarning 5 tasi oʻrganish jarayonida
boʻlib, 2 ta murojaat yoki 20 foizi, 4-sektorda murojaatlarning 3 tasi oʻrganish jarayonida boʻlib, 5 ta murojaat yoki 55,5 foizi ijobiy hal etilgan.
 

“Mahalla” hayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi huzurida tashkil etilgan “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tumandagi “Temir daftari”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da turuvchi, bundan tashqari, yuqoridagi daftarlarda roʻyxatda turmaydigan, tuman aholisi
tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tumandagi Xalq qabulxonasi va tuman hokimiga qilingan murojaatlarni hamda aholi bilan xonadonbay muloqot jarayonida aniqlangan muammolarni oʻz vaqtida va ijobiy hal etish maqsadida ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan, daromadsiz qolgan ehtiyojmand 40
ta oilalarga jami 32,0 mln.soʻm hamda quyida nomlari koʻrsatilgan 2 ta tashkilotlarga jami 15,5 mln.soʻmni “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi hisobidan quyidagi mablagʻlarni koʻchirib berish boʻyicha taklif kiritilmoqda. 

Bundan tashqari, doimiy ravishda tumandagi sektor rahbarlari bilan birgalikda ushbu yuqoridagi daftarlarda roʻyxatga turgan va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli ogʻir boʻlgan oilalarning ahvolidan xabar olib turilmoqda. 

Bu borada bajarilgan ishlar boʻyicha yaʼni tumanda tashkil qilingan “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasida shakllantirilgan mablagʻlarning manzilli va maqsadli sarflanishi yuzasidan Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyalarida hisobot taqdim etib kelinmoqda. 

Bu borada deputatlarning ham fikr-mulohazalari va takliflari eshitildi. Koʻrib chiqilgan masalalar yuzasidan xalq deputatlari Vobkent tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.  

Slide 1 of 19