Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📍 CHOLOKI MFYDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Kogon tuman Kengashi kotibiyati mudori, deputat A.Bozorov tuman Axborot-resurs markazi (ARM) faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Kogon tuman Kengashi deputati Karimova Gulmera Bekjonovnaning bir kunlik faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Kogon tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi faoliyati to‘g‘risida
янв.21
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi: jamoatchilik bilan hamfikrlikda taraqqiyot sari
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KOGON TUMAN KENGASHI KOTIBIYATI HAMDA TUMAN KENGASHI DEPUTATLARINING 2025-YIL NOYABR OYIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLARNING INFOGRAFIKASI
янв.21
Kogon tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida deputatlar faol ishtirok etishmoqda!
янв.21
Kogon tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari izchil davom etmoqda!
янв.21
"Tazyiq va zo’ravonliklarsiz sog’lom jamiyat sari” Shiori ostida “Qonun ustuvor – jazo muqarrar” mavzusida, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Kogon tuman Kengashi deputati Karimova Gulmira Bekjonovna aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Tazyiq va zo‘ravonlik - o‘z ko‘lamiga ko‘ra global muammo. U turmush darajasi va demokratizatsiya formatidan qat’iy nazar, dunyoning barcha mamlakatlarida kuzatiladi. Ayollardan nafratlanuvchi erkaklarni faqat qashshoq yoki badavlat, oliy ma’lumotli yoki ma’lumoti yo‘q, yevropalik yo osiyolik deb ajratib bo‘lmaydi. Bundaylarning alohida bir millati yo e’tiqodi bo‘lmaydi. Uchrashuv davomida muammolarga yechim topishga harakat qilindi va bildirilgan taklif va mulohazalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat nazorati
AKBARXON SOBIRXONOV 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA AXBOROT BERDI

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️XALQ DEPUTATLARI TOSHKENT SHAHAR KENGASHI DEPUTATI AKBARXON SOBIRXONOV 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA AXBOROT BERDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Akbarxon Sobirxonov “Shirin” saylov okrugi saylovchilari bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazib, 2026-yilning ikkinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati, aholi murojaatlari bilan ishlash natijalari hamda hududlarda olib borilgan o‘rganishlar yuzasidan axborot berdi.

🔺 Mazkur yig‘ilishda Xalq deputatlari Uchtepa tuman Kengashi raisi Jafar Ismanov, Kengash kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, tuman Kengashi deputatlari, Uchtepa tumani hokimligi mas’ul xodimlari, siyosiy partiya vakillari, mahalla raislari, faollar hamda hudud aholisi ishtirok etdi.

🗣 Hisobot davomida deputat tomonidan ikkinchi chorakda saylov okrugi hududida amalga oshirilgan ishlar, fuqarolar bilan uchrashuv va qabullar, hududlarda aniqlangan muammolarni hal etish bo‘yicha ko‘rilgan choralar hamda deputatlik nazorati doirasida olib borilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

📁 Deputat Akbarxon Sobirxonov hisobot davrida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 3 ta sessiyasi hamda 2 ta doimiy komissiya yig‘ilishida faol ishtirok etib, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi manfaatlarini ta’minlash, mahalla infratuzilmasini yaxshilash va fuqarolar murojaatlari bilan ishlashga oid masalalar yuzasidan o‘z taklif va mulohazalarini ilgari surdi.

🤝 Aholi bilan bevosita muloqot deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi. Chorak davomida saylovchilar bilan 8 marotaba uchrashuv o‘tkazilib, 27 nafar fuqaro shaxsan qabul qilindi. Uchrashuv va qabullarda ko‘tarilgan ijtimoiy, maishiy, uy-joy kommunal xo‘jaligi, obodonlashtirish hamda boshqa dolzarb masalalar tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganilib, ularning aksariyati yuzasidan amaliy yechimlar belgilandi.

💡 Hududlarda o‘tkazilgan o‘rganishlarda fuqarolarning kundalik hayotiga bevosita daxldor masalalarga, jumladan ichki ko‘chalar va yo‘llar holati, tungi yoritish, kommunal xizmatlar sifati, ko‘p qavatli uylar va ularning atrofi, jamoat transporti, bandlik, ijtimoiy himoya hamda mahallalardagi obodonlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratildi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘rish belgilandi.

📉 Deputat tomonidan fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni tizimli o‘rganish, zarur hollarda mas’ul davlat organlari va tashkilotlariga deputatlik so‘rovlari yuborish hamda ularning ijrosini nazorat qilish ishlari davom ettirildi. Bu orqali aholi tomonidan ko‘tarilayotgan muammolarni manzilli hal etish va mas’ul tashkilotlarning javobgarligini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

📊 Hisobotda deputatning jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan ishlash faoliyati ham qayd etildi. Xususan, ikkinchi chorak davomida deputat 3 ta tadbirda ma’ruza bilan chiqdi, 2 ta maqola chop ettirdi hamda 20 martadan ortiq ommaviy axborot vositalarida chiqish qildi. Mazkur chiqishlarda mahallalardagi dolzarb muammolar, aholi manfaatlari va deputatlik faoliyati natijalari yoritib borildi.

📋 Ochiq muloqot davomida “Zargarlik” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi vazifalar ham muhokama qilindi. Mahalla raisi va faollar bilan hududni yanada rivojlantirish, mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish, ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish hamda mahalla infratuzilmasini yaxshilash yuzasidan fikr almashildi.

✅ Yakunda deputat Akbarxon Sobirxonov saylovchilar bilan ochiq va muntazam muloqotni davom ettirish, fuqarolarning har bir murojaatini atroflicha o‘rganish, hududdagi dolzarb masalalarni joyiga chiqqan holda tahlil qilish hamda ularning yechimini mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ta’minlash bundan buyon ham deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolishini ta’kidladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 7