Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📍 CHOLOKI MFYDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Kogon tuman Kengashi kotibiyati mudori, deputat A.Bozorov tuman Axborot-resurs markazi (ARM) faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Kogon tuman Kengashi deputati Karimova Gulmera Bekjonovnaning bir kunlik faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Kogon tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi faoliyati to‘g‘risida
янв.21
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi: jamoatchilik bilan hamfikrlikda taraqqiyot sari
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KOGON TUMAN KENGASHI KOTIBIYATI HAMDA TUMAN KENGASHI DEPUTATLARINING 2025-YIL NOYABR OYIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLARNING INFOGRAFIKASI
янв.21
Kogon tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida deputatlar faol ishtirok etishmoqda!
янв.21
Kogon tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari izchil davom etmoqda!
янв.21
"Tazyiq va zo’ravonliklarsiz sog’lom jamiyat sari” Shiori ostida “Qonun ustuvor – jazo muqarrar” mavzusida, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Kogon tuman Kengashi deputati Karimova Gulmira Bekjonovna aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Tazyiq va zo‘ravonlik - o‘z ko‘lamiga ko‘ra global muammo. U turmush darajasi va demokratizatsiya formatidan qat’iy nazar, dunyoning barcha mamlakatlarida kuzatiladi. Ayollardan nafratlanuvchi erkaklarni faqat qashshoq yoki badavlat, oliy ma’lumotli yoki ma’lumoti yo‘q, yevropalik yo osiyolik deb ajratib bo‘lmaydi. Bundaylarning alohida bir millati yo e’tiqodi bo‘lmaydi. Uchrashuv davomida muammolarga yechim topishga harakat qilindi va bildirilgan taklif va mulohazalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat nazorati
TUMANDA HUQUQ-TARTIBOT VA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA TUMAN ICHKI ISHLAR BO‘LIMI BOSHLIG‘INING HISOBOTI ESHITILDI

 TUMANDA HUQUQ-TARTIBOT VA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA TUMAN ICHKI ISHLAR BO‘LIMI BOSHLIG‘INING HISOBOTI ESHITILDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashining navbatdagi 27-sessiyasi kun tartibidagi masalalar doirasida 2026-yilning birinchi yarim yilligida tumanda huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning oldini olish hamda ularni qisqartirish, huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali tashkil etish, jamoat xavfsizligini ta’minlash, korrupsiyaning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi vazifalar ijrosi yuzasidan tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i F.Usarov hisobot berdi. 

  

Hisobotda tumandagi kriminogen vaziyat tahlili, huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olish, ularning sodir etilishiga sabab bo‘layotgan omil va shart-sharoitlarni bartaraf etish, mahallalarda profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, jamoat xavfsizligini ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish hamda bu borada amalga oshirilgan ishlar
yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
 

  

Shuningdek, hisobot yakunida huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini yanada oshirish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, mas’ul idoralar hamkorligini mustahkamlash hamda belgilangan vazifalarning so‘zsiz ijrosini ta’minlash yuzasidan kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.  

Slide 1 of 1